O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


-ma’ruza  METALLAR KORROZIYASI VA UNI OLDINI OLISH USULLARI



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə61/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

16-ma’ruza 

METALLAR KORROZIYASI VA UNI OLDINI OLISH USULLARI 


Reja: 


1. Metallar korroziyasi haqida tushuncha. 

2. Korroziya turlari. 

3. Metallarni korroziyasining oldini olish usullari.


Muammoli savollar: 

1. Antifrizlarga oz miqdorda aminobirikmalar qo’shiladi. Nima uchun bunda metall korroziyaga uchra-

maydi? Sababini izohlang. 

2. Korroziyaning qaysi turi eng xavfli va nima uchun? 

3. Temir metali ochiq havoda korroziyaga uchraydi. Nima uchun oltinda bu holat kuzatilmaydi? 

4. Korroziyalar xalq xo’jaligiga qanday zarar keltiradi? 

Metallar korroziyasi haqida tushuncha. Ko’pchilik metallar havo, suv, kislota va tuzlarning eritmalari
ta’sirida yemiraladi. Bu hodisa korroziya deyiladi.
Korroziya so’zi lotincha «corrodore» — yemirilish degan ma’noni anglatadi. Korroziya o’zining fizik-kimyoviy 
xarakteri jihatdan 2 xil bo’ladi: kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya. Metallda korroziyaning qanday turi sodir
bo’lishi metallni qurshab turgan muhitga bog’liq bo’ladi. 
Metallga quruq gazlar (kislorod, sulfid angidrid, vodorod sulfid, galogenlar, karbonat angidrid va h.), elektrolit
bo’lmagan suyuqliklar ta’sir etganda kimyoviy korroziya sodir bo’ladi. Bu ayniqsa yuqori haroratli sharoitda ko’p 
uchraydi, shuning uchun bunday yemirilish metallning gaz korroziyasi deb ham ataladi. Gaz korroziyasi ayniqsa metal-
lurgiyaga katta zarar keltiradi. Temir va po’lat buyumlarni gaz korroziyasidan saqlash uchun ularning sirti alyuminiy 
bilan qoplanadi. Suyuq yoqilg’ilar ta’sirida vujudga keladigan korroziya ham kimyoviy korroziyaga misol bo’ladi. Bun-
da yoqilg’ining yonishidan hosil bo’lgan SO
2
, SO

3
, H

2
S, NO

2
, NO kabilar quruq sharoitda metallarni korroziyalantiradi. 





Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin