O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi


Klassik bixeviorizm xulq- atvor haqidagi fan sifatida



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə21/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

Klassik bixeviorizm xulq- atvor haqidagi fan sifatida 
Ongning introspektiv nazariyasidan ixlos qaytishi evolyutsion biologiyadagi
yutuqlar, inson va hayvonlar xulq-atvorini o‘rganishda ob`ektiv metodlarni 
qo‘llashga harakat, XIX-XXasr oralig`ida xulq-atvor psixologiyasi bixeviorizm
yangi ob`ektiv kuzatish va tadqiq qilishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘li ongga 

57
qarama qarshi inson xulq-atvori haqidagi fan yaratishiga olib keladi. Bu 


yondashuvning falsafiy asosini ingliz faylasufi Dj.Lokk kontseptsiyasi tashkil


qilgan. Dj.Lokk bola dunyoga kelganida uning ongi go‘yo top-toza doskaga 
o‘xshashi haqida hamda hayot davomida orttirilgan tajribalar ahamiyati haqidagi
tasavvurlarni shakllantirgan. O‘rgatish individual rivojlanish, barcha bilimlar 
manbaining asosiy usuli sifatida tan olingan. Dj.Lokk bolalarni assotsiatsiya qilish,
takrorlash, rag`batlantirish va jazolash tamoyillariga o‘rgatishni tashkillashtirish 
haqida bir qator g`oyalarni ilgari surgan.
O‘rgatishning aniq mexanizmlarini kashf qilinishi o‘rgatishning turli turlarini 
tashkil etish Dj.Lokk izdoshlari tomonidan yaratilgan qator psixologik
nazariyalarda birinchi navbatda bixeviorizm va ijtimoiy o‘rganish nazariyasida 
muhim vazifalarni tashkil qiladi. Tug`ma xarakterdagi ixtiyorsiz shartsiz reflekslar
asosidagi o‘rganishning oddiy turi asosida klassik asoslangan deb nomlanuvchi 
reaktiv xulq-atvor shakllanadi. Birinchi bo‘lib, bunday o‘rganish usulini rus
fiziologi I.P Pavlov laboratoriya sharoitidagi eksperimentida ovqat hazm qilish 
tadqiqotida aniqlagan. Kuchukni ovqatlantirish uchun maxsus sharoit yaratilgan.
Eksperimental maqsadlarda qo‘ng`iroqcha ovozining ko‘p marta jaranglashi 
ozuqaning paydo bo‘lishidan darak bergan. Ozuqa shartsiz stimul hisoblanib, och
kuchuk og`ziga tushib, u ixtiyorsiz ravishda so‘lak ajralishini ya`ni shartsiz 
reaktsiya yoki refleksni yuzaga keltirgan. Tizimli muvofiqlik asosida
qo‘ng`iroqcha ovozi va ozuqaga ega bo‘lish avvalgi neytral stimul shartli 
xarakterga ega bo‘ladi. Endi ovozini signal belgisi xuddi shartli stimul ya`ni
qo‘ng`iroqcha ovoziga shartli reaktsiya sifatida so‘lak ajralishini yuzaga keltiradi. 
SHartli refleks muhit ta`siriga reaktsiya bildirishning yangi shakli sifatida
shakllangan. I.P.Pavlov klassik shartlilikning bir qator tamoyillarini eksperemental 
aniqlagan reaktsiyalarning so‘nishi stimullar generalizatsiyasi stimullar
deferentsiyasi yuqori talablarning ikkinchi va uchinchi shartliligi. Masalan, agar 
uzoq vaqt mobaynida qo‘ng`iroqcha ovozida ozuqaning paydo bo‘lishi kuzatilmasa
shartli refleksning so‘nish ehtimoli tajriba yo‘li orqali isbotlangan. Lekin 
tajribadagi tanaffusdan so‘ng yangi stimulni qo‘llashda ovozga nisbatan javoban


58
so‘lak ajralishi yana yuzaga keladi, ya`ni shartli refleksni o‘z-o‘zidan beixtiyor 


ravishda qayta tiklanishi sodir bo‘ladi. O‘ziga xos tondagi aniq qo‘ng`iroqcha


ovoziga nisbatan shartli refleksni hosil bo‘lishiga stimullar defferentsiyasi erishishi 
mumkin har qanday qo‘ng`iroqchaga o‘xshash ovozga reaktsiya hosil qilishi
mumkin generalizatsiya. 
Xulq-atvor reaktsiyalarini eksperemental shakllanishi haqidagi ma`lumotlar
psixologlar tomonidan foydalanilgan. Bixevioristlar nuqtai-nazaridan psixologiya 
ya`ni yo‘nalish manifestining muallifi Dj. Uotson 1878-1978 fikricha, psixologiya
aniq va ishonchli fan bo‘lishi lozim. SHuning uchun kuzatish va o‘lchashga qulay 
va ochiq bo‘lgan insonning xulq-atvorini o‘rganish zarur. Klassik bixeviorizmda
stimul reaktsiya chizmasi S-R xulq-atvorningyangi shakllarini hosil bo‘lishi 
mexanizmi sifatida talqin qilinadi va turli murakkablik darajasidagi xulq-atvor
harakatlarining shakllanish jarayonini tavsiflash uchun etarli deb hisoblanadi.
Bolaning psixik rivojlanish yo‘nalishining asosiy determinanti bu atrof
muhitning ta`siridir. Bu holatni isbotlash uchun Dj.Uotson
go‘daklik yoshidagi 

bolalar xulq-atvorini o‘rganishga murojaat qilgan hamda quyidagi xulosaga kelgan


Bola kam sonli oddiy reaktsiyalarni berishi mumkin bo‘lgan tirik go‘sht bo‘lagi 
sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Uotson odam bolasida faqatgina 3 ta tug`ma xulq-
atvor shakllari reaktsiyalari mavjudligini e`tirof etgan. G`azab go‘dak harakatlarini 
chegaralanganlik holati, qo‘rquv tayanchni yo‘qotganda yoki keskin qattiq
tovushda, muhabbat bolada erkalash silash-siypash qoniqish hosil qilganida. Asta-
sekin ushbu instinktiv reaktsiyalardan shartli reaktsiyalar hosil bo‘ladi va xulq-
atvorning keng oqimlari yuzaga keladi. Mumkin bo‘lgan barcha reaktsiyalardan 
hayot sharoitlariga yaxshiroq moslashishiga yordam beruvchilari tanlab olinib
mustahkamlanadi.
Dj.Uotson bolada shartsiz reaktsiya asosida qanday qilib, yangi stimulga
nisbatan qo‘rquv reaktsiyasini yuzaga kelishi mumkinligini eksperimental 
ko‘rsatgan. Psixologiya tarixida kichik Albert nomi bilan mashhur bo‘lgan,
dastavval kalamush oldida qo‘rquvni his qilmagan o‘n bir oylik bolaga oq rangdagi 
kalamushni ko‘rsatish bilan birga shartli stimul uning orqasidan bongda qattiq


59
urish namoyish etilgan shartsiz stimul. Baland ovozli signalni kalamushni 


ko‘rsatishi bilan muvofiqlikda bir necha marotaba takrorlash oqibatida kalamushni


ko‘rsatgan zahotiyoq bolalar yig`lab berkinishga harakat qilishlariga sabab 
bo‘lgan. Bu kuchli qo‘rquv reaktsiyasi hosil qilinganligi haqida dalolat beradi.
Albertdagi bu qo‘rquv kalamush bilan nimasidir o‘xshash bo‘lgan ko‘pgina 
predmet- stimullar xususan quyon, po‘stin, paxta va oppoq rangdagi soch va
soqollar ko‘rsatilganida kuzatilgan (salbiy oqibatlari hisobga olinmagan tarzda 
bola psixikasini o‘rganishga ob`ektiv ekspermental yondashuvning bunday usuli
katta tanqidga uchradi. Keyinchalik, psixologik tadqiqot xulq-atvorining axloqiy 
me`yorlari ishlab chiqilgan va psixologni kasbiy axloqiy tamoyillariga rioya qilish
masalasi qo‘yilgan).
Go‘daklar bilan olib borilgan eksperment natijalaridan kelib chiqib,
bixevioristlarning ta`kidlashicha, bolaning xulq-atvorini nazorat qilish mumkin 
bo‘lgan reaktsiyalarni oldindan aytib berish, kutilgan xulq-atvor shakllarini yuzaga
keltirish va nomuvofiq keladiganlarini (mos kelmaydiganlarini) paydo bo‘lib 
mustahkamlanilgan (qo‘rquv, injiqlik, erkalik) qochish uchun muhitni alohida
tashkil etish muhimdir. Dj.Uotson tomonidan ta`riflangan benuqson, ideal bola 
qiyofasiga diqqatingizni qarating: ―…bu bola haqiqatdan hali og`riqni his qilgan
holatlaridan tashqari hech qachon yig`lamaydi; quvnoqlik bilan o‘yin o‘ynaydi 
yoki ishlaydi, atrof-muhitda uchraydigan kichik kamchiliklarni kattalar oldiga
yugurmay mustaqil ravishda engib o‘tishga tez o‘rganadi; hayotiy qiyinchiliklar va 
baxtsizliklarni engib o‘tish uchun sog`lom malakalarga o‘z vaqtida ega bo‘lib
mustahkamlaydi; kattalarni bola bilan birga bo‘lishni yoqimli kechishini 
ta`minlovchi ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi; kattalarning alohida e`tiborini
talab qilmagan holda katta hoxish bilan muloqotga kirishad; nima taklif qilsalar 
shuni istemol qiladi, dam oladi, vaqt o‘tishi bilan ikki yog`ini oxirida uch
yoshlikdagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, o‘smirlik yoshiga shunday tayyorgarlik 
bilan etib keladiki o‘spirinlik uning uchun etuklik yoshining tabiiy boshlanishi
bo‘ladi va nihoyat etuklik yoshida mehnat, ijtimoiy ko‘nikmalarda yaxshi 
toblanganligi sababli hech qanday hayot to‘siqlari baxtsizliklar o‘z oldiga qo‘ygan


60
maqsadlarga yashashdagi kurashdagi uni sindira olmaydi. 


Kattalar uchun qulay bo‘lgan bunday bola (― hech qachon yig`lamaydigan‖ ―


tomomila bajara oladigan‖,‖ tez o‘rganadigan‖ ―yordam uchun kattalarga 
chopmaydigan‖ ―o‘z vaqtida ko‘nikuvchi‖ ―o‘ziga alohida e`tborni talab
qilmaydigan‖) o‘zini o‘zi rivojlantirishga emotsionallikka, faolikka joy qolmagan, 
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mexanizmni eslatadi.
Dj.Uotson tarbiyaga nisbatan ilmiy yondashuvni chuqur ishlab chiqishni 
orzu qilib unga xos bo‘lgan keskin uslubda u haqida yozgan: ―Agar bolalar
tug`ilishini 20 yilga to‘xtatish imkoni bo‘lsa, eksperiment maqsad bilan 
tarbiyalanayotgan bolalar rivojlanish qonunyatlarini chuqur o‘rganishga bag`ishlab
so‘ngra egallangan bilimlar asosida ilmiy va mukammalashgan metodlar orqali 
yangi tarbiyani boshlash shubhasiz insoniyatni ahamiyatli darajada yaxshilagan
bo‘ladi‖ Dj.Uotson ―Bolani psixologik parvarish qilish‖ jismonan va ruhiy sog`lom 
bolalarni tarbiyalashga yordam beruvchi ayrim shartlarni keltirgan. Eng avvalo gap
qat`iy kun tartibi, bolaga mos kelmaydigan stimullar ta`siridan himoya qilishi 
mumkin bo‘lgan maxsus xonaning mavjudligi, shuningdek, bolaga nisbatan
bo‘lgan munosabatga mehribonlikni namoyon qilishdagi me`yorlar haqida ketadi.
Dj.Uotson barcha odamlarda aniq qat`iy belgilangan xulq-atvor modelini
shakllanishiga 
atrof-muhitning
bilamchi ta`sir kuchi haqida o‘z fikr
mulohazalarini bildirgan. U muhit to‘g`ri shakllantirilganda rosmana me`yordagi
sog`lom go‘daklardan har kimini katta qilish mumkinligi haqida ta`kidlagan.


Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin