O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdrasi


B.Skinerning radikal keskin bixeviorizmi



Yüklə 461,29 Kb.
səhifə23/40
tarix01.12.2023
ölçüsü461,29 Kb.
#170600
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Namangan davlat universiteti pedagogika va psixologiya kaferdras-fayllar.org

B.Skinerning radikal keskin bixeviorizmi 


B.F.Skinner ham Freyd kabi bixeviorist bo‘lib, bixevioristik nazariyaning
etakchisidir. Skinner boshqa zamondoshlariga nisbatan o‘z-o‘zini kuzatishga 
qarshi bo‘lgan. SHuningdek, u xulq-atvor shakllarini o‘rganishga hissa qo‘shgan.
4

Qat`iy bixeviorizmning ko‘zga ko‘ringan nazariyachisi Skinner 1904-1990


metodlar orqali insonning barcha xulq-atvorini bilish mumkinligini, chunki 
ob`ektiv ijtimoiy muhit determinallanganligini e`tirof etgan. B.F.Skinner motivlar,
maqsadlar, hissiyotlar, anglanmagan fikrlar va shu kabi psixik jarayonlar 
tushunchasini inkor etgan. Uning ta`kidlashicha, inson xulq-atvori deyarli uni
qurshab turgan tashqi muhit ta`sirida butunlay shakllanadi. Ba`zida bunday 
yondashuvni invayronmentalizm inglenvironment- muhit- atrof deb ataydilar.
B.F.Skinner fikriga ko‘ra, inson psixikasining qora qutisi empirik tadqiqotlardan 
4
David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010. 4-5pages. 

63
chiqarib tashlanishi, bevosita kuzatish mumkin bo‘lgan inson xulq-atvorini 


o‘rganishga, oxirgi hisobda inson harakatini aniqlab nazorat qiluvchi muhit


omillarini o‘rganishga qaratilishi kerak. B.F.Skinner hayvonlar xulq-atvorini 
kalamush kabutar eksperemental tahili inson va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan
xulq-atvor tomonlarini ochishga imkon beradi deb hisoblangan. Xulq-atvorning 
umumiy qonuniyatiga tayanib ta`lim va tarbiyaning muhim amaliy psixologik-
pedagogik vazifasini hal etish mumkin. Ijtimoiy muhit o‘zgarishlarini 
manipulatsiya qilib ya`ni bog`liq bo‘lmagan o‘zgarishlar individning xulq-atvor
reaktsiyalarini bog`liq o‘zgaruvchilar tahmin qilish va nazorat qilish mumkin. 
B.F.Skinner xulq-atvorining 2 ta asosiy turi mavjudligini e`tirof etgan
respondent va operent. Biroq uning taxminicha anglash mumkin bo‘lgan, birlamchi 
stimullar mavjud bo‘lmagan ichki sabablar natijasida vujudga kelgan harakatlar
operant xulq-atvordir. Inson va hayvonlar uchun xulq-atvor natijasida yuzaga 
keluvchi voqea-hodisalar oqibatlar muhimdir. Natijadan oqibatidan bog`liqlikda
kelajakdagi kelgusidagi bunday xulq-atvorga nisbatan ma`lum bir fikr shakllanadi. 
Operant xulq-atvor asta-sekin ixtiyoriy harakatni egallaydi. O‘rgatishning operant
turi bo‘yicha insoniyat xulq-atvorining ko‘pgina shakllarining shakllanishi sodir 
bo‘ladi ya`ni kiyinishni bilish, kitob o‘qish odati, tajovvuzkorlikni namoyon
qilishdan tiyilish g`azabni jilovlash tortinchoqlikni engib o‘tish va boshqalar. 
Pirovard ijobiy natijaga olib keladigan reaktsiyani takrorlashga harakat
qiladi. SHunday qilib ko‘pgina oilalarda yig`lashga operant o‘rgatishni kuzatish 
mumkin.
Hayqiriq va yig`i bolaning jismoniy noqulaylikka nisbatan shartsiz 
reaktsiyasi sifatida ota-onani bolaga yaqinlashib unga diqqatini qaratib yordam
berib, tinchlantirishga undaydi bunday g`amxo‘rlik bola yig`isi uchun kuchli ijobiy 
quvvat bo‘ladi va yig`i ota-ona xulq-atvorini nazorat qilishning operant asoslangan
omilga aylanadi. SHu vaqtning o‘zida, salbiy natija yoki jazolashni yuzaga 
keltiruvchi reaktsiyalarni takrorlanish ehtimoli kamayadi. Agar tanish kimsa
sizning salomingizga javoban labini qisib tanimaslikka olsa, biz tezda u bilan 
salomlashishni bas qilamiz.


64
Qo‘llab-quvvatlash B.F.Skinner kontseptsiyasining tayanch tushunchasidir. 


Qo‘llab-quvvatlash reaktsiyani kuchaytirib uni hosil bo‘lish ehtimolini


ko‘paytiradi. Bixevioral o‘qitishda qo‘llab-quvvatlashning ikki turi tan olingan 
birlamchi yoki shartsiz suv, ozuqa, jinsiy munosabat ikkilamchi yoki shartli pul
ahamiyatli bo‘lgan boshqalar tomonidan e`tibor ota-ona, tengdoshlar va 
o‘qituvchilarning maqtovi ma`qullashlari B.F.Skinnerga ko‘ra, ikkilamchi qo‘llab-
quvvatlash stimullari avvalgi tajriba natijasida quvvatlovchiga aylanadi. 
Ular ko‘pchilik odamlar uchun umumiy bo‘lib,ularning xulq-atvoriga kuchli
ta`sir ko‘rsatadi. SHuningdek, B.F Skinner ijobiy va salbiy qo‘llab-quvvatlovchini 
ajratib ko‘rsatgan. Ijobiy quvvatlovchi (quvvatlash) birgalikda reaktsiyani
kuchaytiradi. Salbiy quvvatlovchi (quvvatlash) ham faqatgina qo‘zg`atuvchi 
stimullarni bartaraf qilish hisobiga (o‘rtoqlarning ―kichkintoy‖ ―onasini o‘g`li‖
kabi mazaxlaridan qochib intilishga haqoratlovchi so‘z va iboralarni qo‘llashni 
boshlaydi). Xulq-atvor reaktsiyasini kuchaytiradi. Shuningdek, xulq-atvor jazolash
yordamida ham (o‘smirning onasi haqoratli so‘zlar uchun uni labiga urishi yoki 
cho‘ntak pulidan mahrum qilish mumkin) nazorat qilishi mumkin.
Bunday oqibatga chek qo‘yish, xulq-atvor reaktsiyasiga barham berish talab 
etiladi.
Zamonaviy jamiyatda jazolash texnikasi ko‘proq qo‘llaniladi, lekin B.F 
Skinner xulq-atvorning bunday nazorati samarasiz (faqat vaqtincha istalmagan
xulq-atvorni to‘xtatib turadi) ekanligini va undan ham yomoni salbiy zararli 
ta`sirni (qo‘rquv, xavotirlanish o‘z-o‘ziga bahosini pasayishi, (asotsial) antijtimoiy
xulq-atvorning qo‘pol shakllari) yuzaga keltirishga harakat qilgan. B.F.Skinner 
ijobiy qo‘llab-quvvatlash (kutilmagan natijalarni rag`batlantirish) kattalar xulq-
atvorini shakllantirishning juda ham ishonchli usuli (metodi) ekanligini 
ta`kidlagan. Murakkab xulq-atvorga o‘rgatish holatida (masalan xat yozish,
ko‘nikmasi, shaxslaro muloqot tartiblilikni hosil qilish) izchil yaqinlashish yoki 
shakllantirish metodidan foydalaniladi. Qadam – baqadam bosqichma-bosqich
qo‘llab-quvvatlash xulq-atvorini kutilgan yo‘nalishga o‘zgartirishga bir necha 
marotaba qo‘shiladi. O‘rgatishning boshqa tamoyili- qo‘llab-quvvatlashning


65
beto‘xtovligidir. Bolani mustaqil tartibli ovqatlanishga o‘rgatishga muntazam 


qo‘llab-quvvatlanadi: boshida bola o‘rgatilganlarni tezda yodidan chiqarib


qo‘ysada, uni ruhlantirish har bir harakatlaridan faxrlanish masalan, bola qo‘liga 
qoshiqni olib og`ziga olib borish harakati uchun uni maqtash kerak. Kutilgan
natijaga faqatgina asta-sekin yaqinlashish natijasida bolada kiyim-kechak va stol 
ozodaligiga hamda tartibligiga erishish mumkin. B.F Skinnerning ta`kidlashicha
hatto verbal xulq-atvor yoki og`zaki nutq ham muvaffaqiyatli yoki izchil 
yaqinlashish orqali egallanadi. Lekin ko‘pgina psixologlar operant asoslash
tamoyilidan kelib chiqib tushuntirib bo‘lmaydigan, ilk bolalik davrida nutqning bu 
qadar tez rivojlanishiga alohida urg`u berib, bunday tarzda tilni o‘zlashtirish
mumkinligiga mutlaqo qarshilar.
Insonning ijtimoiylashuvi muammosi B.F.Skinnerning ―Erkinlik va qadr-
qimmatning boshqa tarafi‖ (1971) ― jamiyat va bixeviorizm haqida fikr-
mulohazalar‖ (1978) kitoblarida kelib chiqilgan. B.F.Skinner ta`limotida bolaning
rivojlanish- bu qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishi bilan muvofiqlikda uni me`yoriy 
xulq-atvorga o‘rgatishdir. Ilk bosqichlarda ijtimoiylashuv omillari va qo‘llab–
quvvatlash manbalari bo‘lib, ota-ona hisoblanadi, keyinchalik, qo‘llab–quvvatlash 
manbalarining soni ortadi: bular qo‘ni-qo‘shnilar maktab tengdoshlar fikridir.
B.F.Skinner ―Inson xulq-atvori uning hayoti davomida o‘zgaradi va vaqti-vaqti 
bilan inqirozlar yuzaga keladi degan fikrni qo‘llab-quvvatlagan. Inqiroz holati
muhitining shunday bir o‘zgalari ta`sirida yuzaga keladiki unda individ xulq-atvor 
reaktsiyalarining adekvat to‘plamiga ega bo‘lmaydi. Muhit bolaning xulq-atvorini
doimiy, uzluksiz va ketma-ketlikda shakllantiradi deb hisoblagani uchun 
bixeviorizmda rivojlanishni yosh davrlarga ajratish (bo‘lish) muammosi ko‘rib
chiqilmaydi. Rivojlanishni davrlashtirish muhitga bog`liq. Ushbu yosh davrida 
barcha bolalar uchun yagona rivojlanish qonuniyati mavjud emas: muhit qanday
bo‘lsa ushbu bolaning rivojlanishi qonuniyati ham shunday bo‘ladi. Gap faqat 
ma`lum bir ko‘nikmani shakllantirish o‘rgatish bosqichlarini belgilash imkonini
beradigan (o‘yinni rivojlanish bosqichlari yozishga yoki tennis o‘ynashga 
o‘rgatish) funktsional davrlashtirishni yaratish haqida ketishi mumkin.


66
O‘rgatishning doimiy tajribasi boshqa psixologik maktablarda ―SHaxs‖ deb 


nomlanuvchini yaratdi. SHaxs-bu insonning butun umri (hayoti) davomida


egallagan tajribasidir. Insonning (noyobligi) o‘ziga xosligi irsiyat tavsif va 
o‘rgatishning individual repertuarini o‘ziga xos uyg`unligi bilan belgilanadi.
Bunday tarzda psixik rivojlanish o‘rgatish bilan tenglashtiriladi ya`ni, har qanday 
bilim, ko‘nikma, malakani egallash bilan maxsus o‘qitish sharoitlarida va tasodifiy
yuzaga kelgan holatlarda bilishga o‘rgangan.

Yüklə 461,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin