O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik –texnologiya instituti



Yüklə 391,5 Kb.
səhifə2/4
tarix23.05.2022
ölçüsü391,5 Kb.
#59092
1   2   3   4
Obidjonova Sevara

Olinish usullari. sikloalkanlarlar neft tarkibida bo’ladi. Ularni sintetik usullar yordamida ham olish mumkin:
D

igalogenalkanlardan galogen atomlarini rux metalli yordamida tortib olinganda sikloalkanlar hosil bo’ladi:

Bu usulda uch atomli sikloalkanlar oson hosil bo’ladi.


G

alogenkarbonilli birikmalardan galogenvodorodni tortib olish orqali sikloalkanlar olinadi:

Ikki asosli karbon kislotalar kalsiyli yoki bariyli tuzlarini quruq haydash va hosil bo’lgan siklik ketonni qaytarish orqali sikloalkanlar olinadi.



Natriy malon efiriga digalogenli birikmalarni ta’sir ettirish orqali sikloalkanlar olinadi:




Sikloalkanlar sanoatda asosan aromatik uglevodorodlarni katalitik qaytarish, atsetilen yoki diyen uglevodorodlaridan olinadi:




Aromatik uglevodorodlarni qaytarib sikloalkanlar olish jarayoni 200-300 atm bosimi ostida boradi.


Diyen uglevodorodlaridan foydalanib 6 va 8 a’zoli sikloalkanlarni olish mumkin. 6 a’zoli siklik birikmalar diyen sintezi yordamida olinadi:


B


u jarayon maxsus katalizatorlar yordlamida olib borilganda 8 a’zoli halqa hosil bo’ladi:

Atsetilen nikel va kobalt karbonillari katalizatorligida o’zaro birikib siklooktatetrayenni hosil qiladi. Bu jarayonni nemis olimi Reppe o’rgangan.




Keyingi yillarda polshalik olima Rujechka ikki asosli karbon kislotalarning toriyli tuzlarini quruq xaydash orkali halqasida 30 va undan ortiq uglerod atomi saqlagan yopiq zanjirli birikmalarni sintez qilib oldi.


Fizik xossalari. sikloalkanlarning dastlabki vakillari gazsimon, siklopentandan boshlab suyuqlik. Ularning qaynash, suyuqlanish haroratlari, zichliklari tegishli teng sonli alkanlarnikiga nisbatan katta. Halqadagi uglerodlarning soni ortib borishi bilan sikloalkanlarning qaynash haroratlari ortib boradi. Ayrim sikloalkanlarning muhim fizik kattaliklari jadvalda keltirilgan.




Yüklə 391,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin