Aylanma mablag’lar
– ishlab chiqarishni tashkil etish va mahsulotni sotish maqsadida
zarur aylanma fondlarni va muomila fondini tashkil etish uchun avanslashtirilgan pul
mablag’lari yig’indisidir. Biror bir ishlab chiqarish aylanma mablag’larsiz yuz berishi
mumkin emas. Aylanma mablag’larning yetishmasligi korxonalar uchun katta
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Ularning yetishmasligi tufayli korxona o’z oldiga qo’ygan
vazifalarini bajara olmaydi. Aylanma mablag’larning tarkibini quyidagi chizma orqali
ko’rish mumkin. (9-chizma)
9 – chizma. Aylanma mablag’larning tarkibi.
Aylanma mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha
aniqlanadi:
1). Aylanma mablag’larning aylanish koeffitsienti:
О
Мкс
Т
Оак
Айланма маблағлар
Айланма ишлаб чиқариш
фондлари
Муамиладаги маблағлар
Ишлаб чиқариш
заҳираларидаги
айланма фондлар
Ишлаб
чиқаришдаги
айланма фондлар
Тайёр
маҳсулотлар
Пул маблағлари
Ўғит, уруғлик,
ўсимлик ва чорва
молларини ҳимоя
қилиш
воситалари,
эҳтиёт қисмлар,
ёқилғи-мойлаш
материаллари,
ем-хашак, паст
баҳоли ва тез
эскирадиган
инвентарлар,
турли идишлар ва
ярим
фабрикантлар
Тугалланмаган
ишлаб чиқариш,
ўстириш ва
боқишга
қўйилган чорва
моллари,
хўжаликнинг
ўзида ишлаб
чиқарилган ярим
фабрикатлар,
келгуси йил
ишлаб чиқариши
учун қилинган
харажатлар
Саноат
корхоналарига
сотиш учун
аҳолидан сотиб
олинган
деҳқончилик ва
чорвачилик
маҳсулотлари
Банкдаги ҳисоб
рақамларидаги,
кассалардаги
пул маблағлари,
ҳисоб китоб
натижасида
йўлда бўлган
маблағлар,
дебитор қарзлар
79
Bunda: T – ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan va ko’rsatilgan xizmat evaziga
olingan pul tushumi, so’m;
M – asosiy podaga o’tkazilgan yosh chorva mollarining qiymati, so’m;
S – asosiy podani sotishdan tushgan pul tushumi, so’m;
O – aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qoldig’i, so’m.
2) Aylanma mablag’larning o’rtacha bir aylanish muddati, yilning 360 kunini aylanma
mablag’larning aylanish koeffitsientiga bo’lish orqali hisoblanadi.
|