O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Respublika agrosanoat majmuasi infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

5.3. Respublika agrosanoat majmuasi infratuzilmasini rivojlantirish yo’nalishlari 
 
Agrosanoat majmuasi infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirishda quyidagilarga 
alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq: 
1.
majmua tarmoqlari, korxonalarining ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma 
xizmatlariga bo’lgan real talablarini hisobga olish; 
2.
infratuzilma xizmatlari narxlarining ishlab chiqaruvchilar uchun ma’qul bo’lishiga 
erishish (lozim bo’lganda davlatning iqtisodiy dastaklar orqali aralashuvini joriy etish va 
raqobatni rivojlantirish orqali); 
3.
infratuzilma sub’ektlari faoliyatini tartibga sotib turish yo’llarini topish; 
4.
infratuzilma xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirish, monopoliyaga yo’l qo’ymaslik; 
Agrosanoat majmuasi infratuzilmani keskin rivojlantirish bugungi kun zaruratidir. 
Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi quydagi yo’nalishlarda rivojlantirilishi maqsadga 
muvofiq: 

Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarga xizmat ko’rsatadigan tarmoq va 
xizmatlarning turlarini ko’paytirish. Hozirda mamlakat qishloq xo’jaligi o’ziga zarur bir 
qancha xizmatlarni to’liqligicha va sifatli darajada olmayapdi. Masalan, ularga zarur 
bank, moliya bozoridagi o’zgarishlar, turli sharoitlarda kerakli qonuniy va iqtisodiy 
maslahatlar bilan ta’minlanish darajasi past holatda. Bu misollar qishloq xo’jaligi uchun 
zarur xizmatlarning bir kichik qismidir. SHu sababli ishlab chiqarish infratuzilmasining 
xizmat turlarini ko’paytirish lozim; 


58 

Xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish agrosanoat majmuasi ishlab chiqarish 
infratuzilmasini rivojlantirishning boshqa bir yo’nalishidir. Bu eng katta ahamiyatga ega 
yo’nalishlardan biridir. Raqobatning bo’lmasligi ko’rsatilyotgan xizmatlar narxning 
yuqori bo’lishini ta’minmoqda. Ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatining pastligi ham 
raqobat yo’qligidan yoki uning deyarli yo’qligadandir. Masalan, hozirda yurtimizda 112 
ta muqobil mashina – traktor parklari mavjud. Lekin ularning texnik imkoniyatlari juda 
past bo’lganligi sababli, qishloq xo’jaligi korxonalari asosan, davlat aktsiyadorlik 
jamiyatlari maqomida tashkil etilgan 180 ta mashina-traktor parki xizmatlaridan 
foydalanishga majburdirlar; 

Xizmat ko’rsatish sohasida katta imkoniyatlar xo’jaliklarning o’zlari tomonidan 
birgalikda tashkil etiladigan “ittifoq”lardadir. Masalan, texnikadan birgalikda 
foydalanish ittifoqlarini tashkil etish masalasi ijobiy natijalar berishi mumkinligiga 
qarmasdan bu soha rivojlangan emas. Bunga asosiy sabab xo’jaliklarni boshqarayotgan 
rahbarlarda bunday ishlarga tajriba, bilim yo’qligidadir. Agarda ittifoq tuzilgan holda 
ham uni tashkil etgan barcha xo’jaliklar uchun undagi texnikadan samarali foydalanish 
bo’yicha manfaatli tartib – qoidalar ishlab chiqilmagan. Demak, bu boradagi ishlarni 
rivojlantirish zarur.

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin