4.3. Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi,
qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasining
hozirgi holati va rivojlantirish yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasida agrosanoat majmuasining 3-sohasi nisbatan yaxshi
rivojlangan. Jumladan, agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi meva va savzavotlarni
qayta ishlash sanoati jadal va barqaror rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasida oziq-
ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan tarmoqlar qatoriga kiradi. Respublika oziq-ovqat
sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi:
bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarani qayta ishlash tarmoqlari. Bularga: un-krupa,
yog’-moy, kraxmal, sut, go’sht, choy, shakar, vinochilik uchun xomashyo mahsulotlarni
tayyorlash sanoati kabi tarmoqlar kiradi;
oziq-ovqat sanoati korxonalarining mahsulotlaridan keng foydalangan holda qishloq
xo’jaligi mahsulotlarani ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Bularga: mevasabzavot sanoati
korxonalari, sut va go’sht mahsulotlaridan konservalar ishlab chiqaruvchilar, pivo va vino
ishlab chiqarish sanoati korxonalari kiradi;
non va non mahsulotlari, makaron, salqin ichimliklar, qandolatchilik, kolbasa,
rafinadlangan qand, oziq-ovqat kontsentratlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar;
baliq va boshqa suv hayvonlari mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar;
Tuz ishlab chiqarish korxonalari.
O’zbekiston keyingi yillarda vaqtinchalik baliq va boshqa suv hayvonlari
mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar tugatilgan. Albatta keyinchalik bozor
talabi va mavjud iqtisodiy sharoit ushbu korxonalarning istiqbolini belgilaydi.
1991 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 9 foizni tashkil etgan
bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizni 2015 yil yakunlariga ko’ra 25,2 foizni tashkil
etdi. 2016 yilning birinchi yarim yilligida sanoatning ulushi 33,5 foizga yetdi.
2004 yilda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 13,2 foizi
oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarilgan bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 15,1 foizni tashkil
etdi.
Mamlakatda juda katta yog’-moy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilgan. Bu sohada
asosiy muammo yog’-moy ishlab chiqarish uchun homashyoning nisbatan yetishmasligidir.
Demak respublikada moy beradigan ekinlarni ko’paytirish maqsadga muvofiq.
54
Respublikada, ayniqsa, go’shtni, sutni qayta ishlash sanoatining quvvati juda katta.
Lekin keyingi yillarda chorvachilikning to’liq xususiylashtirilishi yirik chorva fermalarining
tugatilishiga olib keldi. Natijada sutni va go’shtni qayta ishlaydigan yirik zavodlar yil
davomida deyarli bekor qola boshladi. Bu, quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda:
sohada ishlaydigan ishchi, xodimlarning asosiy qismi o’z ishlarini o’zgartirishlariga
majbur bo’lishmoqda yoki ularning vaqtincha ishsiz qolishlariga sabab bo’lmoqda;
davlat byudjetiga to’lanadigan soliq va boshqa to’lovlarning shu soha bo’yicha
kamayishga olib kelmoqda;
chova mollarini go’shtga so’yish natijasida olinadigan ayrim xomashyoning (ikkinchi
darajali mahsulotlar: qon, ichki bezlar, birinchi qorin bo’shlig’ida bo’ladigan yem-
xashak, suyak kabi mahsulotlar) nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda;
Hozirda mamlakat go’sht zavodlari quvvatidan foydalanish 4-18, sut zavodlari
quvvatlaridan foydalanish darajasi 25-62 (turli viloyatlar va korxonalarda turlicha) foizdan
oshmaydi. Demak, bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’p. Respublikada mavjud
qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq va samarali
foydalanishning mo’’tadil yechimlarini topish ustida ilmiy va amaliy ishlar olib borilishi
zarur.
2014 yilda yengil sanoat respublika sanoatida 14,1 foizni tashkil etdi. Hozirda asosiy
e’tibor o’zimizda yetishtirilayotgan homashyoni 3-4 bosqichda qayta ishlash vazifasi
tkribdi. Bu paxta tolasi bo’yicha bir so’mlik homashyo o’rniga 7 so’mlik tayyor mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlaydi va mamlakatdagi ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni
yaxshilash imkoni beradi. Bu O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotni
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlardan bo’lib, hozirda ushbu masalaga ustivorlik statusi
berilgan.
Yuqoridagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublika agrasanoat
majmuasida yetishtirilgan paxta tolasi dunyo talablariga to’liq javob beradigan sifat
ko’rsatkichlariga ega bo’lmoqda.
|