73
O’zbekiston qishloq xo’jaligi mehnat bozori nisbatan rivojlanmagan bozorlardan biri
bo’lib, uni rivojlantirish birinchi darajadagi iqtisodiy – ijtimoiy masalalardan biri
hisoblanadi.
Mamlakat qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning sonini mutloq va nisbiy kamaytirish
bugungi kundagi va kelajakdagi asosiy vazifalardan biri. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslari
nisbatan past malakalidir. Bu, o’z
navbatida, juda katta muammolarni yuzaga keltiradi.
Qishloq xo’jaligi mehnat resurslarining malakasini oshirish mamlakat iqtisodiyotini yangi
bosqichga ko’taradi. Bu sanoat va boshqa xizmat turlariga mehnat resurslari bir qismining
o’tishi uchun zarur sharoitlar tug’diradi. CHunki mehnat unumdorligi o’sishi natijasida
mehnat resurslarining katta bir qismi qishloq xo’jaligidan ozod bo’ladi. Bu rivojlanishning
umumiy ob’ektiv tendentsiyasi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi
mehnat resurslarining
malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va tayyorlash tizimi ishlarini jonlantirish zarur.
Bu ishlarning jonlanishi ulardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Qishloq xo’jaligi
aholisi, ishchi – xizmatchilari daromadlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ishchi –
xizmatchi daromadlaridan past bo’lmasligini ta’minlash ham ulardan foydalanish darajasini
oshirgan bo’lar edi. Milliy mentalitet va mavjud mart –maroitlar natijasida qishloq aholisi,
ishchi xodimlari nisbatan kam harakatlanadi. Nisbatan o’troq bo’lgan aholi va ishchi
xodimlarni o’sha joyning o’zida ish bilan ta’minlash muammosini yechish bozor
iqtisodiyoti talablariga zid bo’lmasligi kerak.
SHunga qaramasdan sanoatni, xizmatlarni
qishloq joylarda tashkil etish ishi doimiy ravishda amalga oshirilishi lozim. Bunday
siyosatsiz mamlakatda ijtimoiy masalalar ham chuqurlashib boraveradi.
Qishloq xo’jaligi mehnat
resurslari mehnatining fond, energetik quvvatlar bilan
qurollanish darajasini oshirish ulardan foydalanishni yaxshilash yo’llaridan biridir. Qishloq
xo’jaligida mehnat har bir ekin turi yoki mahsulot turi bo’yicha texnologiyani hisobga olgan
xolda zarur vositalar bilan ta’minlanishi kerak. SHu sababli, ayniqsa, kichik texnika ishlab
chiqarishni yoki xorijdan sotib olishni yo’lga qo’yish, rivojlantirish talab qilinadi.
Qishloq xo’jaligida mulkiy munosabatlarni yanada
rivojlantirish ham mehnat
resurslarinidan foydalanish samaradorligini oshirishning bir yo’nalishidir. Fan-texnika
taraqqiyotining qishloq xo’jaligi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashdagi
imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur. Bunda asosiy
etibor yangi, serhosil ekin navlarini
yaratish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva mollarining sermahsul zotlarini
ko’paytirishga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Moliya,
kredit tizimi, soliq tizimi va boshqa ko’plab iqtisodiy dastaklarning
rivojlanishi ham mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga ijobiy yoki salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin.
Ishchi kuchlari bozori tarkibi va uni tartibga solish mexanizmini quyidagi chizmada
ko’rish mumkin (8- chizma).
5
5
Минаков И.А. и др. Эклномика отраслей АПК. Учебник.-М.: КолосС, 2004—464с. (100с).