O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar olchamini idrok



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar olchamini idrok 
qilishining o‘ziga xosligi. 
Dastlabki yozuv, matematika, rasm, mehnat 
darslaridayoq bolalardan narsalarning katta- kichikligini farqlash, ularni taqqoslash 
va og‘zaki aytib berishni talab qiladi. Boshlang‘ich maktabda o‘lchov birliklarini 
o‘rganish narsalarning kichiklik belgilarini ajrata olish bilan bog‘liqdir. Katta-
kichiklik haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish geografiya, tabiatshunoslik


83 
geometriya, chizmachilikni o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Boshlang‘ich 
maktabga politexnik ta’lim elementlarining kiritilib borilishi munosabati bilan 
narsalarning katta yoki kichikligi haqidagi bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Shuning uchun maktabgacha yoshdayoq bolalarda katta-kichiklik haqida 
tasavvurni tarkib toptirish zarurdir. Masalan, katta guruh uchun miqdorga doir 
“Ajoyib qopcha”
o‘yini 
Borishi: Bolalar doira bo‘ylab turadilar tarbiyachi har bir bolaga bittadan 
qalam berib chiqadi, qalamlar turli uzunliklardagi qalamlar bo‘ladi. Tarbiyachi 
doira o‘rtasida turadi tarbiyachining qo‘lida, “ajoyib qopchada” da turli 
uzunlikdagi qalamlar bo‘ladi. Bolalar bittadan kelib qopchadan bitta qalamni 
ushlab uning qanday(uzun, kalta) ligini aytishadi.Hamda qo‘lidagi qalam bilan 
o‘lchab undan uzun yoki kalta ekanligini aytadi. 
Katta-kichiklik haqidagi bilimlar narsalarni bevosita idrok qilish jarayonida 
aniqlanadi. Narsalarning katta-kichikligini idrok qilish murakkab jarayon bo‘lib, u 
ko‘rish, sezish va harakat analizatorlarining faoliyati asosida amalga oshiriladi. 
Katta-kichiklikni idrok qilish u haqidagi so‘zni ham o‘z ichiga oladi. Ya’ni 
narsalarning katta-kichikligi ikki tomonlama: narsalarining idrok qilayotgan 
haqiqiy katta-kichikligi va so‘z bilan aytiladigan katta-kichiklikni aytish orqali 
baholanadi. Katta-kichikligi turlicha bo‘lgan narsalarni bolalar ilk yoshligidanoq 
ajratib olishi mumkin. Bu yoshdagi bolalar «katta» va «kichik» degan 
tushunchalarni o‘zlashtirib oladilar, lekin katta-kichiklikning boshqa belgilarini 
hali ajrata olmaydilar. «Katta» yoki «kichik» degan umumiy nom ostida 
narsalarning eni, uzunligi, balandligi, qalinligiga tegishli bo‘lgan barcha narsa 
tushuniladi. Uch yoshli bolalar o‘qitish ta’sirida narsalarning katta-kichikligi 
(bo‘yi, eni va boshqalar) ni, agar narsaning shu belgisi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, 
osongina aniqlaydilar. Ular bir xil narsalar ichidan ularning eng katta yoki eng 
kichigini xatosiz topadilar. Ammo bir necha narsani ularning katta-kichikligiga 
qarab tartib bilan joylashtirishga, bir necha narsa ichidan bir xil kattalikdagilarni 
topishga ancha qiynaladilar. Uch yoshli bolalarning ko‘pchiligi turli katta- 


84 
kichiklikdagi narsalardan birinchi safar eng kattasidan boshlab tartib bilan terib 
piramida tuza olmaydilar.
To‘rt yoshli bolalar bir necha narsaning katta-kichikligini taqqoslash asosida 
«eng katta» (eng uzun), «kichikroq» (ingichkaroq), «juda kichik (eng qisqa) kabi 
yangi nomlarini biladilar. Shu bilan birga, narsalarning kattaligini baholashning 
nisbiyligi tushuna boshlaydilar: birgina narsa boshqa narsalarga nisbatan ba’zan 
katta, ba’zan esa kichik deb aytilishini bola anglaydi. Tarbiyachi stol ustiga lentalar 
solingan savatni qo‘yadi. Stol yoniga ikki bolani chaqiradi va o‘zi ushlagan 
lentalarning ikkinchi uchini ushlashni taklif kiladi, bu lentalarni ulchab uzun-
qisqaligini aniqlaydilar. Xuddi shunday qilib, lentalarni ulchash uchun bolalar 7 xil 
rangdagi lentalar yordamida 3 kishilik guruhlarga bo‘linadilar va savatchadan lenta 
olib o‘zlaridagi lentalar bilan taqqoslab o`lchab ko‘radilar. Qo‘llaridagi lentadan 
uzun va kalta lentalarni topishlari kerak. Tarbiyachi eng uzun lentani ko‘taring, 
desa, har bir guruh o‘zlaridagi eng uzun lentani, eng kalta lentani ko‘taring, desa, 
eng kalta lentalarni ko‘taradilar. Tarbiyachi: “ Bolalar, oldingizdagi lentalarni 
olinglar. Bular go‘yoki yo‘l. Qaysi yo‘l uzunroq ekanligini qanday bilsa bo‘ladi? 
Lentalarni yonma-yon qo‘yamiz, ularning chapdan oxirini teng qilamiz. Endi qaysi 
yul uzunroq, qaysinisi kaltaroq ekanligini ayta olamiz. O‘ng qo‘l bilan 
qo‘g‘irchokni olib yo‘llarda sayr qildiramiz. Qaysi yo‘l qisqaroq? Shundan 
qo‘g‘irchoqni yurgizing. Qaysi yo‘l uzunroq? Shundan qo‘g‘irchoq yurib o‘tsin”. 
Tarbiyachi bolalarning topshiriqni qanday bajarayotganligini kuzatib turadi va 
ulardan so‘raydi: “Bu yo‘l uzunroqmi yoki qisqaroqmi?”
Bu vaqtda shu yoshdagi bolalardama’lum bir narsaga uning o‘lchamini 
anglatuvchi so‘zni qo‘shib aytish kuzatiladi. 
Masalan, bir sharoitda bola bir necha quti ichidan bittasini eng uzun deb 
olsa, boshqa sharoitda ham, quti bu gal boshqalariga qaraganda baland bo‘lsada, 
uni «uzun» deb atayveradi. Xuddi shu narsa ancha kattaroq bolalarda ham 
kuzatiladi. 5-6 yoshli bolalar katta-kichiklik haqidagi tushuncha (tasavvur) ancha 
keng. U faqat ko‘rinib turgan narsalarni emas, balki ko‘rinmaydigan narsalarni 
ham taqqoslay oladilar: «Bizning uyimiz bog‘chamizdan katta, u qavatli”. Biroq bu 


85 
yoshdagi bolalarda ham o‘ziga xos xususiyat bor. Masalan bolalar bo`yi baland 
odam degan gapni tez tushunadilar va nutqlarida ishlatadilar, lekin «Bo‘yi baland 
qo‘g‘irchoq» yoki «bo‘yi past ayiq» degan tushunchalarni ishlatmaydilar, bu yerda 
ular faqat «katta» va «kichik” so‘zini ishlatadilar. Bolalar «chuqur», 
«yuza»tushunchalarini qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Shunday qilib, narsalar 
turli o‘lchamlarini ajratishda bolalar qiynaladilar. Bolalar sonlarni taqqoslash 
mobaynida katta-kichik haqidagi tushunchalarni oson o‘zlashtiradilar. Katta 
maktabgacha yoshdagi bolalar aniq narsalarni taqqoslab, ularning o‘lchamlarini 
ajratishlari mumkin, lekin bu har bir narsaning o‘lchamnni alohida holda ajrata 
olmaydilar. Masalan, bolalar narsaning yuqori tekisligini ko‘pincha undan 
balandligi deb biladilar, uzunligi o‘rniga esa odatda narsa balandligini yoki uning 
enini ko‘rsatadilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar hatto aniq doimiy fazoviy 
holatni egallab turadigan narsalarda, masalan, yozuv stolnning o‘lchami (uzunligi, 
eni, balandligi) ni aniq ajrata olmaydilar. Bola ko‘pincha bu uchta o‘lcham o‘rniga 
narsaning uchta tomonini ko‘rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning 
narsalarning 
katta-kichikligi 
haqidagi 
tushunchani 
o‘zlashtirib olishlari 
imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida ochib 
berish bolalar bog‘chasidagi har bir yosh guruhi uchun dasturda berilgan bo‘lim 
bo‘yicha kerak bo‘lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin