95
cho‘pdan 3 ta
uchburchak tuz; 5 ta cho‘pdan 2 ta uchburchak va 1 ta kvadrat tuzish
mumkinmi? Bu mashqlar bolaning topqirligini, xotirasini, tafakkurini,
rivojlanish
imkonini beradi. Butun ish ma’lum izchillikda tuzilishi kerakligi tushunarli. O‘quv
yili boshida tarbiyachi bolalarning shakl haqidagi bilimlari darajasini aniqlaydi.
Geometrik figuralar haqidagi bilimlarni musahkamlash va aniqlash, shuningdek
bolalarni kataklar bo‘yicha o‘lchashga mashq qildirish uchun katakli qog‘ozda
kvadratlar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar, doiralar, ovallar chizish bo‘yicha
mashqlar
o‘tkaziladi. Geometrik figuralar, shuningdek sodda shakldagi predmetlar
(bayroqchalar, olxo‘rilar, olmalar va h.k.) ning
rasmini chizishga matematikadan
10-12 ta talimiy faoliyat ajratiladi. Figuralarni guruhlashda
bolalar bitta belgi
bo‘yicha mo`ljal olib, boshqa belgilarga e`tibor bermaydilar.
Guruhlashga doir mashqlar o‘tkazganda bolalarning figura haqidagi
bilimlarini sistemalashtirish maqsadga muvofiq. Masalan, oldin figuralarni
guruhlarga ajratish, so‘ngra yumaloq figuralar
orasidan doira va ovallarni,
ko‘pburchaklar orasidan to‘rtburchaklar va uchburchaklarni ajratish kerak.
Nihoyat, to‘rtburchaklar orasidan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlarni topish
kerak. Bolalar ayrim shakllar orasida bog‘lanishlar o‘rnatadilar. Figuralar juftini
tanlashga doir mashqlar shu maqsadda xizmat qiladi: uchburchaklar,
to‘rtburchaklar va h.k. har xil rang va o‘lchamdagi,
ammo bir xil proporsiyadagi
figuralar, masalan, teng yonli uchburchaklar juft tashkil qiladi. Bolalarda har xil
proporsiyadagi bir jinsli figuralarni taqqoslashadi. Bolalarga maishiy mashqlarni
taklif qilish foydali, masalan, «Topingchi, qatorda qaysi shakl ortiqcha»,
«Shakllarni tanlashda qanday xato qilishgan?» qator qilib qo‘yilgan 6 ta
uchburchak orasidan bitta to‘rtburchak qo‘yilgan va h.k.).
Qanday shakl
yetishmaydi?» (uch to‘rt xil o‘lchamdagi uchburchaklar, to‘rtburchaklar qatorlarga
joylashtirilgan, har qaysi qatorga predmetlar kattaliklari kichiklashib boradigan
tartibda joylashtirilgan, bir qatorda bitta figura yetmaydi). Bir guruhdagi
shakllarning ikkinchi guruhdagi shakllardan farq qilishi alomatlarini topishga doir
masalalar
uchburchaklar,
to‘rtburchaklar
va
boshqa
shakllar
haqidagi
tasavvurlarini mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, uchburchaklar
96
va to‘rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan jadvallardan foydalanish mumkin.
Shakllar ikki-uch xil o‘lchamda va rangda berilgan. Katta guruh uchun “Postlar
qo‘yish” o‘yini bolalar ketma-ket mashq qilib turadilar. Boshlovchi oldinga boradi.
Boshlovchi(qarsak chaladi) signal berganda oxirgi ketayotgan bola darhol to‘xtab
qimirlamay postda turadi qolganlari yurishda davom etadi.
Mana shunday qilib
boshlovchi hamma bolalarni o‘zi belgilagan tartibda portga qo‘yib chiqadi .
Natijada bir geometrik shakl hosil bo‘ladi (katta, kichik to‘rtburchak qilib,
uchburchak aylana) so‘ng bolalardan ular qanday shaklni yasaganliklarini
so‘raladi. Oldin boshlovchi tarbiyachi bo‘ladi. Keyin yangi boshlovchi saylanadi
va har bir bola boshlovchi bo‘lguncha qadar davom etadi.
Dostları ilə paylaş: