O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

“Yaqin – uzoq”.
O‘yin qoidasi:
4 xil: yaqin, yaqinroq, uzoqroq, uzoq masofada savatchalar 
tayyorlab qo‘yiladi. Bolalar ikki qator bo‘lib ikki tomonga saflanadilar. 
Tarbiyachi aytgan masofaga har bir qatordan bir bola kelib turadi va 
koptokni tarbiyachi aytgan masofadagi savatchaga uloqtirib tushirishi kerak. 
Koptok qaysi masofaga tushsa, bolalar o‘sha masofani yaqin, uzoq, yaqinroq, 
uzoqroq deb aytadilar va navbatni keyingi bolaga beradilar. O‘yin shu tarzda 
davom etib, 2-3 marotaba takrorlanishi mumkin.
Mashq natijasida bola “yaqin” va “uzoq” so‘zlarini tushunadi va nutqda 
to‘g‘ri qo‘llaydi.
Tarbiyachi:
Bolalar, hozir sizlar yoningizdagi qutichadan doira shaklini 
olinglar. Bu shaklni o‘zingizga nisbatan uzoq joylashtiring (stol ustiga). Endi 
kvadrat shaklini o‘zingizga nisbatan yaqin joyga joylashtiring. Uchburchak 
shaklini olib o‘zingizga nisbatan yaqinroq joyga qo‘yinglar. To‘g‘ri to‘rtburchak 


89 
shaklini uzoqroqqa joylashtiringlar. Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib “Doira sizdan 
uzoqdami yaqindami?”, “Uchburchak sizdan uzoqroqmi , yaqinroqmi?” deb 
so‘raydi.
 “Sehrli qopcha”
o‘yini. 
Bolalar doira bo‘lib turadilar, tarbiyachi doira o‘rtasida turadi, 
tarbiyachining qo‘lida “sehrli qopcha”, qopchada turli qalinlikda va uzunlikdagi 
matolar, qalamlar bo‘ladi. Bolalar bittadan kelib qopchadan bir narsani ushlab 
uning nimaligini va qandayligini aytadilar, hamda qopchadan chiqarab rangini ham 
aytadilar. Bolalar to‘g‘ri topgan buyumlar olib qo‘yiladi. 
“Yaqin” va “uzoq” so‘zlarini tushunadi va nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning narsalarning katta-kichikligi haqidagi 
tushunchani o’zlashtirib olishlari imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy 
tekshirishlar natijasida ochib berish bolalar bog’chasidagi har bir yosh gruppasi 
uchun dasturda berilgan bo’lim bo’yicha kerak bo’lgan zarur bilim va malakalar 
hajmini aniqlashga imkon beradi. Atrofdagi hamma narsani miqdor jihatidan 
kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida 
matematik mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta 
ahamiyat beriladi. Ta’limiy faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan 
hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy faoliyatlardan tashqari 
vaqtlarda 
o‘yinlar 
tashkil 
qilib, 
bolalarning 
matematik 
tasavvurlari 
mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Ta’limiy faoliyatlarda 
bolalarning faol faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda 
ilgari o‘tilgan materialni takrorlashni birga to‘g‘ri qo‘shib olib borish bilan ish 
turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan, ya’ni ta’limiy 
faoliyat tuzilmasi bilan ta’minlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin