Maktabgacha yoshdagi bolalarni pul birliklari bilan tanishtirish.
Maktabga tayyorlash guruhida bolalarni pul birliklari bilan tanishtirish vazifasi
qo‘yiladi. Tarbiyachi bolalarga 100, 200, 500 va 1000 so‘mlik pullarning
kartondan qirqilgan namunalarini tarqatadi. Ularni qarab chiqishni taklif qiladi.
(«To‘g‘ri, bular pullar deyiladi»). "Qaranglarchi, u erda qanday raqamlar turibdi? –
deydi tarbiyachi: - Qaradinglarmi? Bir so‘mlikni toping, ko‘rsating (o‘zi tegishli
chaqani ko‘rsatadi). 200 so‘mlikni toping, unda 2 raqami bo‘lishi kerak. Besh yuz
so‘mlikni, toping, 100 so‘mlikni, toping. Hozir «Do‘kon» o‘yinini o‘ynaymiz.
Hamma so‘mlarni oldingizga qo‘ying. (Tarbiyachi oldindan qimmatlari (qancha
turishi) ma’lum bo‘lgan buyumlarni tayyorlab qo‘yadi, bir varaq oq qog‘oz—
100som, bir varaq rangli qog‘oz — 200 so‘m, qora qalam – 300 so‘m, daftar 300
so‘m, rasm – 500 so‘m). Do‘kon ochiq, nima qancha turishini bilish kerak. Bir
varaq oq qog‘oz 100 som turadi. Bir varaq oq qog‘oz uchun to‘lash kerak bo‘lgan
pulni ko‘rsating. Bu rangli qog‘oz varag‘i esa – 200 so‘m turadi. Shunday pulni
ko‘rsating. Bu erda daftar ham sotiladi. U – 300 so‘m turadi. 300 so‘mlik pulni
toping, buning uchun 1ta 100 so‘m va 1ta 200 so‘m kerak bo‘ladi. Rasm 500 so‘m
turadi. 500 so‘mlikni toping va ko‘rsating» va h. k.
«Do‘kon» o‘yinini, 2-3 mashg‘ulotda, har xil buyumlardan foydalanib,
takrorlash mumkin.
Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar egallagan bilimlarini hisobga olib,
mashqlar tashkil qilish kerak. Masalan, 5 ta 100 so‘mlik, 2 ta 200 so‘mlik, 1 ta 500
so‘mlik lardan iborat pul birliklaridan foydalanish mumkin. Bolalar sonning
79
birliklardan, 2 ta kichik sondan iborat tarkibini o‘rganishgan. Oldin bolalarga 500
so‘mlikkacha bo‘lgan pullar bilan, keyin 1000 so‘mlikkacha bo‘lgan pullar bilan
ish ko‘radigan mashqlarni berish tavsiya etiladi.
Quyidagidek o‘yin-topshiriqlar maqsadga muvofiq:
1. «Bir varaq oq qog‘oz 100 so‘m, bir varaq qizil qog‘oz esa 200 so‘m
turadi. Bir varaq qizil qog‘oz uchun haqni qanday to‘lash mumkinligini o‘ylab
ko‘ring (100 so‘m + 100 so‘m);
2. Daftar 300 so‘m turadi. Uning uchun haqni qanday pullar bilan to‘lash
mumkin? (100 so‘m + 100 so‘m +100 so‘m);
3. Qalam 500 so‘m turadi. Uni qanday to‘lash mumkin? (100 so‘m + 100
so‘m +100 so‘m+100 so‘m +100 so‘m; 200so‘m +200so‘m+100 so‘m;).
So‘ngra qiymatlari 1000 so‘mlikkacha bo‘lgan pul birliklari bilan shunga
o‘xshash mashqlar o‘tkaziladi. Topshiriqni kim to‘g‘ri bajarsa, unga fishka yoki
bayroqcha berish mumkin. Mashg‘ulot oxirida bolalar kim necha marta to‘g‘ri
javob berganini hisoblaydilar.
Agar bolalar «pul birliklari» tushunchalarini o‘zlashtirib olishgan bo‘lsa,
ushbu xildagi mashqlardan foydalanish mumkin: «Bir varaq oq qog‘oz 100 so‘m
turadi, bir varaq rangli qog‘oz uchun esa undan 100 so‘m ortiq to‘lash kerak. Bir
varaq rangli qog‘oz qancha turadi?», «Nima qancha turadi?» o‘yini bolalar
o‘zlashtirgan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarga pul birliklari
beriladi. Tarbiyachi o‘z stoliga har xil buyumlarni yoyib qo‘yadi va ularning
bahosini aniqlab qo‘yishni taklif qiladi.
«Bu ruchka 200 so‘m turadi, bir varaq oq qog‘oz esa undan 100so‘m arzon
turadi. Bir varaq oq qog‘oz qancha turadi?» - deb so‘raydi tarbiyachi. (Bolalar
o‘zlaridan kerakli pullarni topishlari, uni yuqoriga ko‘tarishlari, so‘ngra oq qog‘oz
varag‘i oldiga qo‘yishlari kerak). Ruchka 200 so‘m turadi, daftar esa undan 100
so‘m ortiq turadi. Daftar qancha turadi? Qanday pulni ko‘tarish va daftar oldiga
qo‘yish kerak? va h. k, Shunday qilib, bolalar tarbiyachi bilan birgalikda har qaysi
buyumning qancha turishini topadilar, shundan keyin ularni sotish boshlanadi.
80
Tarbiyachi boladan so‘raydi. «Ayt-chi, sen nima sotib olmoqchisan, u qanday
narsa, u qancha turadi?».
Dostları ilə paylaş: |