O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

«O‘ng va chap» 
o‘yini. 


104 
Bolalar xona bo‘ylab harakat qiladilar. Tarbiyachi o‘ng va chap so‘zlari 
bilan boshlasa bo‘ladigan tana a’zolaridan birining nomini aytadi, masalan, “o‘ng 
qo‘l” deydi. Shunda bolalar o‘zlariga juft topib, bir-birlarining o‘ng qo‘llarini 
ushlashi kerak. Tarbiyachi o‘yinni davom ettirish uchun o‘ng va chap qo‘l so‘zlari 
bilan boshlasa bo‘ladigan tana a’zolarining nomini aytadi (Masalan, chap qo‘l, 
o‘ng qo‘l bosh barmog‘i, o‘ng va chap qo‘l).
2.
“Harakatni o‘zgartir”
o‘yini.
Bu o‘yinda piktogramma usulida tomonlarni shartli belgilar bilan belgilab 
olinadi va musiqa ostida ko‘rsatilgan belgi bo‘yicha harakat qilinadi. Bolalarga 
qaysi belgida qanqay harakatlanishi oldindan o‘rgatiladi.
↑-oldinga ← -o‘ngga 
↓- orqaga ↔ - sakrash
→ - chapga ○ –joyida aylanish
Oldinga belgisi ko‘rsatilganda bolalar oldinga bir qadam yurishadi, orqaga 
belgisi ko‘rsatilganda bolalar orqaga bir qadam yurishadi. Chap va o‘ng belgisi 
ko‘rsatilganda bolalar chapga va o‘ngga bir qadam yurishadi. Sakrash belgisida 3-4 
marta sakrashadi, doira ko‘rsatilganda turgan joyda 1 aylanib olishadi. Harakatlar 
bir necha marta takrorlanadi.
3.
“O‘yinchoqni top”
o‘yini. 
Bolalarga harakat paytida yo‘nalishni o‘zgarishini o‘rgatishga qaratilgan. 
Uyda xonaning turli joylariga berkitgan o‘yinchoqlarni topishga tayyorlangan 
“xatdan”foydalanish.Tarbiyachi: Bolajonlar kechqurun guruhimizga Karlson uchib 
kelibdi. Karlson sizlarga atalgan sovg‘alarni olib kelgan.Korlson hazilni yaxshi 
ko‘radi shuning uchun o‘yinchoqlarni yashirib qo‘ygan.Mana bu xatda 
o‘yinchoqlarni qanday topishni yozilgan. Tarbiyachi konvertni ochib qo‘ydi. 
Derazani oldiga borib chapga burildi va 5 qadam yurib o‘yinchoqni topasan. 
Bolalardan biri topshiriqni bajaradi va o‘yinchoqni topadi. Boshqa bola quyidagi 
topshiriqni bajaruvchi stolni oldiga turib oldinga 3 qadam yur, uyga burilib 4 
qadam yur o‘yinchoqni topasan. Iloji boricha bolalarning o‘yinda ishtirok etishiga 
sharoit yaratiladi.


105 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin