5. Kurs ishlarini baholash tartibi
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish, ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur.
Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Yangi reyting tizimi bo’yicha talabaning kurs ishini 5 baholik tizim asosida baholanadi.
Shuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir:
№
|
Belgilangan baho
|
Baholash mezonlari
|
1
|
5 baho
“A’lo”
|
Rejadagi savollarning mazmuni ijodiy yondoshilgan holda yoritilgan bo’lsa, foydalanilgan adabiyotlar va ma’lumotlarga snoskalar (ilovalar) berilib, adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan bo’lsa va ish bo’yicha berilagan savollarga aniq va to’liq javob berib, o’zining fikrini erkin bayon etsa bunday tayorlangan ishlarga «a’lo» baho qo’yish mumkin.
|
2
|
4 baho
“Yaxshi”
|
Agar rejadagi 4-5 savolning 3-4 tasiga to’liq javob yozilgan bo’lib, bittasiga etarlicha javob berilmagan bo’lsa, himoyada talabaning javob berishiga qarab «yaxshi» baho qo’yish mumkin.
|
3
|
3 baho
“Qoniqarli”
|
Rejadagi 4-5 ta savolning bita yoki ikkitasining mazmuni yoritilib, qolgan savollarga javob berilmagan bo’lsa, to’g’ri yozilgan javoblar ham darslik va kitoblardan ko’chirilgan, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati yo’q, ilovalar berilmagan va boshqa shu kabi kamchiliklar bo’lsa, ko’rsatilgan kamchiliklar himoyagacha bajarilsa, talabaning javobini hisobga olib bu kabi ishlarni «qoniqarli» baholash mumkin. Agarda talaba yuqoridagi kamchiliklarni yozma ravishda bartaraf etmasa, kurs ishi «qoniqarsiz» baholanadi.
|
4
|
2 baho
“Qoniqarsiz”
|
Kurs ishida quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, u taqriz yozish davridayoq «qoniqarsiz» baholanadi:
- reja noto’g’ri va umuman qoniqarsiz tuzilgan bo’lib, mavzuning mazmuniga mos tushmasa;
- kurs ishi e’tiborsizlik bilan pala-parish bajarilsa;
- javoblar asosan o’quv adabiyotlaridan ko’chirilgan bo’lsa;
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati bo’lmasa;
- foydalanilgan adabiyotlarga va ma’lumotlarga ilovalar berilmagan bo’lsa;
- rejadagi savollar mohiyati biri ikkinchisidan ajratilmagan holda berilsa:
- kurs ishini talabaning o’zi xusni xati bilan bajarmagan bo’lsa.
|
Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o’qishga bo’lga ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |