4-Mavzu. Krivoship-shatunli mexanizm (KShM).
KShM tarifi va vazifasi. KShM konstruktsiyasining tuzilishi va ularning
ishlash printsipi. TSilindrlar blokining kallagi, porshen, porshen xalqalari, porshen
barmog’i, shatun, tirsakli val, maxovik.
Krivoship shatunli mexanizm silindrlarda ishchi aralashmaning yonishidan
xosil bulgan gaz bosimini porshen orqali qabul qilib, porshenning ilgarilanma-
qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
Krivoship shatunli mexanizmlarning joylashuv tartibi bo’yicha bir yoki ikki
qatorli bo’ladi. Silindrlari ikki qator joylashgan dvigatellarning silindrlari orasidagi
burchak 180
0
dan kam bo’lsa (90
0
) bu holda ular V-simon dvigatellar (ZIL-130,
KamAZ-740, GAZ-53, YaMZ-236, BelAZ, «O’zOtoyo’l», KrAZ avtomobillari)
deyiladi va 180
0
ga teng bo’lsa, ikki qatorli dvigatellar deyiladi. Bunday
dvigatellarning bo’yi va vazni bir qatorli dvigatellarnikiga nisbatan ancha kichik
bo’ladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
5-Mavzu. Gaz taqsimlash mexanizmi (GTM).
GTM tarifi, vazifasi va tasnifi. GTM konstruktsiyasining tuzilishi va
ularning ishlash printsipi: klapanlar: yo’naltiruvchi vtulka: turtkich: shtanga:
koromislo: taqsimlash vali: taqsimlash vali yuritmasi: gidrokompensator. Gaz
taqsimlash fazasining tavsifi va diagrammasi.
Gaz taqsimlash mexanizimi kiritish jarayonida yonuvchi aralashma
(karbyuratorli va gazli dvigatellarda) yoki tozalangan havoni (dizellarda) o’z
vaqtida silindr ichiga kiritish siqish va ish (kengayish) jarayonlarida esa silindrni
tashqi muhitdan cheklab qo’yish hamda chiqarish jarayonida ishlatilgan gazlarni
o’z vaqtida silindrlardan tashqi muhitga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.
Avtomobil dvigatellariga asosan klapanli gaz taqsimlash mexanizimi
o’natiladi. Dvigatelning texnik iqtisodiy ko’rsatgichlari tsilindirga kirgan yonuvchi
aralashma yoki havoning hajmiga klapanlarni o’z vaqtida ochilib va yopilishiga,
klapanlarning jipsligiga hamda silindrni sifatli tozalanishiga bog’liq bo’ladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
Dostları ilə paylaş: |