93
Salt ishlash tuzilmasi. Salt ishlash tuzilmasi dvigatel yuklanishsiz va tirsakli
val kichik aylanishlar sonida ishlaganda yonuvchi aralashma
tayyorlab berishga
mo’ljallangan. Bu maromda dvigatel silindrlarda ko’p miqdorda ishlatilgan gaz
qoladi, ish aralashmasining yonish tezligi sekinlashadi,
shu sababli dvigatel
ishlashishi uchun quyuq yonuvchi aralashma zarur.
Tezlatish nasosi. Avtomobil qiyalikka ko’tarilishi yoki oldida ketayotgan
avtomobilni quvib o’tishda dvigatel tirsakli valining aylanishlar sonini yoki
yuklanishni tezlik bilan oshirishga to’g’ri keladi. Bu
holda yonuvchi aralashma
suyuqlashib, natijada dvigatel o’chib qolishi mumkin. Tezlatish nasos drossel
zaslonka tez ochilganda yonuvchi aralashmaning ortiqcha suyuqlashmasligi uchun
qo’shimcha miqdorda yonilg’i berish yo’li bilan qisqa vaqtda
aralashmani
quyuqlashtirish vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: