111
ichki yonuv dvigatelining burovchi momenti naychalarda suyuqlik bosimini hosil
sarflaydi, gidromator 11 lar esa suyuqlik bosimini burovchi momentga aylantirib
avtomobilning yetakchi g’ildiraklariga uzatadi.
Elektr kuch uzatmasida generator 10 ichki yonuv dvigatel 1
dan kelayotgan
burovchi momentni elektr toki hosil qilishga sarflaydi. Elektrodvigatellar 11 esa
o’z navbatida elektr tokini burovchi momentga aylantirib, avtomobilning yetakchi
g’ildiraklariga uzatadi.
3. Ilashish muftasining vazifasi, turlari va asosiy qismlari
(friktsion, gidravlik, elektromagnitli).
Ilashish muftasining vazifasi va turlari.
Avtomobil harakatlanishi uchun ishlab turgan dvigatel
validagi burovchi
momentni silkinmasdan turkisiz va tebranishsiz yetkchi g’ildiraklarga uzatilishi
lozim. Bundan tashqari avtomobil turli yo’l sharoitilrida yurganda uning yetakchi
yetakchi g’ildiraklariga keltiralayotgan kuchning kattaligini yoki harakat
yo’nalishini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Buning uchun
kuch uzatmaning ishlab
turgan dvigateldan qisqa muddatga uzib, yana ulash kerak bo’ladi. Bu vazifani
bajarish uchun dvigatel bilan kuch uzatmani kerakli paytda ilashtiruvchi yoki
ajratib qo’yuvchi tuzilma–muftasi kerak bo’ladi.
Demak ishlashish muftasi avtomobilning
turgan joyidan silkinmasdan
turtkisiz va tebranmasdan qo’zag’alishini taьminlash va tezliklarini almashtirishda
kuch uzatmani dvigatelni tirsakli validan qisqa vaqtga vaqtincha ajratish va ravon
qo’shish vazifasini bajaradi. Ilashish muftasi yetaklovchi
va yetaklanuchi qism
dvigatel ishlaganda tirsakli valni uchiga o’rnatilgan bo’lib ishlashi muftasini
dvigateldan ajralganda aylanishdan to’xtaydi.
Etaklovchi va yetaklanuvchi qismlarini ulash usuliga ko’ra ilashish muftasi
friktsion gidravlik va elektro magnitli bo’ladi. Ilashish muftalari
yetakchi diskalrni
soniga qarab bir, ikki diskali siquvchi purjinalarning turiga va joylashuviga qarab
doira bo’ylab joylashgan purjinali yoki bitta markaziy diafragmali purjinali
bo’ladi. Ilashish muftasi bilan uzatmalar qutisining orasiga
dvigatelning maxovigi
o’rnatilgan.
Friktsion ilashish muftasining yuritmasi
mexanik,
gidravlik, elektromagnit
bo’lishi mumkin. Ko’pgina yengil va yuk avtomobillarida mexanik
va gidravlik
yuritmalar ishlatiladi. Elektromagnit yuritmalarni asosan yengil avtomobillarda
ilashish muftasini boshqarishni avtomatlashtirishda qo’llaniladi. Ilashish muftasini
boshqarishni osonlashtirish uchun mexanik (servoprujinalar) pnevmatik yoki
vakuumli kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: