108
8.6–chizma. Yonilg’ini ilgarilatib purkovchi avtomatik mufta.
Mufta yetakchi va yetaklovchi qismlardan tuzilgan. Yetaklovchi yarim
mufta bir yonilg’i nasosining mushtchali valining 15
uchiga shponka va chayka
bilan o’rnatilgan bo’lib, unga markazdan qochma kuch ta’sirida har xil tomonlarga
harakalanuvchi yukchalar 12 bor. Yukchalar shartli ravishda ikkita o’qqa
biriktirilgan. Yukchalarning kesilgan joyiga purjinalar 4 va siquvchi barmoqlar 16
qotirilgan. Yetaklovchi yarim mufta egiluvchan biriktiruvchi muftagi bo’lgan val
orqali taqsimlovchi oraliq shesterniyadan harakat keltiriladi. Purjinalar 4 bir
tomondan o’q 2 ni, ikkinchi tomondan barmoqlar 16 ni qisib muftaning yetakchi
yetaklovchi qismlarini tutashtiradi. Tirsakli val va unga bog’liq bo’lgan
nasos
tushinchasi valning aylanishlar soni ortishi bilan markazdan qochma kuch ta’sirida
muftadagi yukchalar 12 har xil tomonga harakatlanadi. Yukchalarning
harakatlanishi natijasida muftaning yetaklovchi qismiga nisbatan yetaklanuvchi
mushtchali valini aylanish yo’nalishi bo’ylab buradi natijada yonilg’ini ilgarilashib
purkash burchagi ortadi. Aylanishlar soni kamayganda
markazdan qochma kuch
kamayib purjina 4 ta’sirida yukchalar bir-biriga yaqinlashadi, yarim mufta yonilg’i
nasosi valining aylanishiga teskari tomonga buriladi, natijada yonilg’ini ilgarilatib
purkash burchagi kamayadi.
Nazorat savollari.
1. Dizel dvigatelining yonilg’i bilan ta’minlash tizimi
vazifasini
tushuntiring?
2. Dizel yonilg’isi va uning xususiyatlari xaqida gapirib bering?
3. Yonilg’i so’rish va haydash nasosining vazifasi tushuuntiring?
4. Yonilg’ini dag’al va mayin tozalagichlarining vazifasi va tuzilishini
tushuntiring?
5. Yuqori bosim yonilg’i nasosini vazifasini tushuntiring?
6. Past va yuqori bosimli yonilg’i naychalari va ularni joylanishini
tushuntiring?
7. Forsunka va havo tozalagichni tuzilishi va vazifasini tushuntiring?
8. Yonish bo’linmalarini tushuntiring?
9. Dizelda yonuvchi aralashmani hosil bo’lishini tushuntiring?
10. Tirsakli val aylanishlar chastotasini barcha maromli rostlagich bilan
sozlash qanday amalga oshiriladi?