118
bilan yurib ketayotganda salt ishlab turgan dvigatelning tirsakli valini kuch
uzatmadan uzoq muddatga ajratib qo’yish vazifasini bajaradi.
2. Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni.
Pog’onali mexanik uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi.
Avtomobillarda asosan tishli mexanizmga ega bo’lgan pog’onali
uzatmalar qutisi
ishlatiladi. Bunday uzatmalar qutisida avtomobilning har xil yo’l sharoitida
turlicha tezlik va tezlanishini ta’minlash uchun uzatish soni har xil qiymatga ega
bo’lgan bir nechta juft tishli shesternyalardan foydalaniladi. Yengil avtomobillarda
qo’llanilgan
uzatmalar qutisi uch, to’rt, yoki beshta pog’onali, yuk avtomobillarida
esa to’rt, besh, ba’zan sakkiz va undan ham ko’prok bo’lishi mumkin. Uzatmalar
qutisi qancha ko’p pog’onali bo’lsa, avtomobilь turli yo’l
sharoitiga bemalol
moslashib ishlaydi, bu esa dvigatelning quvvatidan unumli foydalanishni
yaxshilaydi hamda yonilg’i sarfini kamaytiradi.
Dostları ilə paylaş: