O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Gidrotransformatorning tuzilishi va ishlashi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə99/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

3. Gidrotransformatorning tuzilishi va ishlashi.
Pog’onasiz uzatmalar qutisining tuzilishi va ishlash uslubi. Bunday
uzatmalar qutisining qo’llanilishi chegaralangan oraliqda yo’l sharoitiga qarab
ixtiyoriy uzatmalar sonini o’z-o’zidan ta’minlab avtomobilning yetakchi
g’ildiraklaridagi burovchi momentni o’zgartirib beradi. Pog’onasiz uzatmalar
qutisi ishlash uslubiga qarab mexanik (impulьsli, ilashtiruvchi ishqalagichli –
friktsion va boshqa), gidravlik (gidrodinamikali, gidrohajmli), elektrik va
aralashgan turlariga bo’linadi. SHu vaqtgacha aralashgan, ya’ni gidromexanik
uzatmalar qutisi keng tarqalgan bo’lib, u ikki qismdan, ya’ni pog’onasiz
gidrodinamik uzatma (gidrotransformator) va unga ketma-ket ulangan pog’ona
mexanik uzatmalar qutisidan iborat.
Gidrotransformator suyuqlik ta’sirida harakatni o’zgartirib beradigan
gidravlik mexanizm bo’lib, u dvigatelь bilan pog’onali mexanik uzatmalar qutisi
oralig’ida joylashgan. Gidrotransformator o’zining tuzilishi va ishlash uslubi
bo’yicha gidromuftaga o’xshash va charxpalakli g’ildirakchalardan tashkil topgan.
Gidrotransformatorning gidromuftadan farqi shundaki, u yetakchi nasos va
yetaklanuvchi (turbina) g’ildiraklardan tashqari yana uchinchi qo’zg’almas
charxpalakli g’ildirak (reaktiv momentni qabul qiluvchi) – reaktorga ega. Reaktor
o’z navbatida erkin yurish muftasi orqali qo’zg’almas vtulkaga o’rnatilgan. Erkin
yurish muftasi reaktorni faqat bir tomonga (nasos g’ildiragining aylanish
tomoniga) aylantiradi. Teskari aylanishiga esa muftaning ponalanib tiralib qolishi
yo’l qo’ymaydi. SHunday qilib, yetakchi val va dvigatelь bilan bog’langan
g’ildirak-nasos, yetaklanuvchi val bilan tutashgan g’ildirak-turbina, suv oqimini
tarqatuvchi kurakchalari bor qo’zg’almas g’ildirak reaktor deb ataladi.
Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi. To’rt pog’onali uzatmalar qutisi.
Zamonaviy yengil avtomobillarning ko’pchiligida to’rt va besh pog’onali, uch valli
uzatmalar qutisi o’rnatilgan. Masalan, GAZ-24 “Volga” avtomobilida oldinga
yurish uchun to’rtta va orqaga harakatlanishga bitta uzatma mo’ljallangan. Bunday
uzatmalar qutisining uch yo’lli deb ataladi, chunki ikkita sinxronizator va bitta
qo’zg’aluvchi orqaga yurgizish shesternya orqali uzatmalarga tushiriladi.


119
Uzatmalar qutisining karterida uchta val yetaklovchi (birlamchi), yetaklanuvchi


(ikkilamchi) va oraliq vallari hamda orqaga yurgazish shesternyasining o’qi
joylashgan. Yetaklovchi valning ikki uchi ikkita sharikli podshipniklarga tayangan
bo’lib, oldingi uchi tirsakli valning flanetsidagi o’yiqchada joylashgan
podshipnikda, ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining oldingi devorchasida
joylashgan podshipnikda yotadi. Birlamchi val qiya tishli shesternya bilan yaxlit
ishlangan bo’lib, oraliq valdagi shesternyalar blokining yetakchi shesternyasi bilan
doimo tishlashib turadi. To’g’ri uzatmani ulash uchun birlamchi val
shesternyasining orqa qismida tishli gardish ishlangan. Birlamchi valning sharikli
podshipnigi yon qopqoq bilan boltlar yordamida berkitilgan. Oraliq val to’rtta qiya
tishli shesternyalar va bitta to’g’ri tishli shesternyadan iborat shesternyalar blokini
tashkil etadi va o’z o’qida uchta ninasimon (birinchisi o’qning old qismida,
ikkinchi va uchinchilari esa uning ketingi qismida ketma-ket joylashgan)
podshipniklarda o’rnatilgan. O’qning orqa uchidagi diskli qaydlagichi uning o’z
o’qida buralib ketishidan saqlaydi. Yetaklanuvchi val ham uzunasiga ikkita
tayanchga tayangan bo’lib, oldingi uchi birlamchi valning orqa tomonidan
chuqurchasiga kiritilgan rolikli podshipnik ketingi uchi esa uzatmalar qutisi
karterining devorchasiga joylashtirilgan sharikli podshipnikda o’rnatilgan.
Yetaklanuvchi valning shlitsli qismlariga birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi
uzatmalarni ulash uchun qo’llaniladigan sinxronizatorli muftalar o’rnatilgan.
Valning jilvirlangan bo’yinchalariga esa oraliq val shesternyalari bilan doimo
tishlashgan, qiya tishli shesternyalar vtulkada erkin o’z o’qi atrofida aylana
oladigan qilib joylashtirilgan. Avtomobilni oldinga harakatlantirish uchun
mo’ljallangan hamma uzatmalar, ya’ni I, II, III va IV uzatmalar sinxronizatorlar
yordamida, orqaga yurish uzatmasi esa shesternyani surish yuli bilan bajariladi
(10.1-rasm).
VAZ-2108, Neksiya, Tiko avtomobillarida uzatmalar qutisining asosiy farqi
vallarining soni uchta emas, balki ikkitaligida – yetakchi va yetaklanuvchi.
Yetaklanuvchi valning o’ng uchida u bilan yaxlit ishlangan tsilindrsimon shesternya
bor. U differentsial qutisining yarim kosachasiga o’rnatilgan tishli g’ildirak bilan
doimo tishlashib turadi va bu mexanizm old yurituvchi ko’prikda asosiy uzatma
vazifasini o’taydi.
10.1- rasm. Uzatmalar qutisining tasviriy chizmasi.
1 birlamchi val, 2-14-birlamchi va oraliq vallarning doimo ilashib turuvchi
shesternyalari, 3- tishli mufta, 4-va 7-vilkalar, 5-13-doim ilashib turgan 2 uzatma
shesternyalari, 6-12-birinchi uzatma shesternyalari, 9-11-orqaga yurgazish
shesternyalari, 8- ikkilamchi val, 10-orqaga yurgazish shesternyasi o’qi, 15-oraliq


120
val, 16-karter.


Etakchi val shesternyalari valga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan bo’lib,
yetaklanuvchi val shesternyalari bilan muqim tishlashib turadi. CHunki bu
shesternyalar valning o’q qilib ishlangan qismlariga erkin aylanadigan qilib
o’rnatilgan. Bu shesternyalar orqali burovchi moment o’zatish jarayoni ikkilamchi
valga shlitsali qilib o’rnatilgan sinxronizatorlar yordamida bajariladi. Orqaga
yurgazish pog’onasini ulash uchun esa shesternya va sinxronizator muftasining
tishli gardishi oraliq tishli g’ildirak bilan tishlashtirish yo’li bilan amalga
oshiriladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin