121
sharchalarning qadalib turishini ta’minlaydi. Sinxronizator bilan uzatmalar olishda
qo’shiluvchi shesternyalar xuddi shesternya singari konussimon
yuzali chiziqlarga
ega.
Masalan, sinxronizatorlar muftasini chapga surilganda konussimon halqa
mufta bilan siljib shesternyaning konussimon yuzali chiqiqlariga tirmashadi. Lekin
shu zumda mufta va shesternyaning burchak tezliklari bir-biridan farqlanishlari
sababli bikrlovchi barmoqlar halqa bilan birgalikda muftaga nisbatan burilib, uning
teshiklariga siqiladi. Natijada mufta barmoqlarning bikrlovchi yo’niqchalariga
ilashib, ya’ni bikrlanib, shu yo’sinda uning siljishiga
oshiqcha kuch sarflansa ham
qo’shuvchi shesternya tomon batafsil sura olmaydi. Ammo shu tarzda xosil
qilingan kuch bilan birga xaydovchi tomonidan muftani surishga sarflangan kuch
halqani yana ham shesternyaning konus yuzali chiqiqlariga siqa boshlaydi.
Natijada ular orasida ilashish kuchayib, qo’shuvchi
shesternya bilan muftaning
burchak tezliklari barobarlashadi. SHunda mufta diskning teshiklaridagi bikrlovchi
barmoqlarning tiralish kuchi pasayib, muftaning barmoqlarga nisbatan erkin
surilishiga imkon yaratadi va uning tishli gardishi shesternyaning ichki mayda
tishlari bilan bemalol shovqinsiz ilashadi (10.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: