O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə102/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Nazorat savollari.
1. Uzatmalar qutisining vazifasi, turlari (pog’onali, ikki va uch valli) ayting?
2. Uzatmalar qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni qanday va uni
tushuntiring?
3. Gidrotransformatorning tuzilishi va ishlashi qanday amalga oshiriladi?.
4. Sinxronizatorlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashi tushuntiring?.
5. Taqsimlash qutisining vazifasi, tuzilishi, turlari ayting?
6. Taqsimlash qutisining konstruktsiyasi va ishlash jarayoni qanday amalga
oshiriladi?
6. Fiksator, qulflarning vazifalari va ishlash jarayoni va konstruktsiyasini
tushuntiring?
13-Mavzu: Kardanli uzatma.
Reja.
1. Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi.
2. Burchak tezliklari bir xil bo’lgan va bir xil bo’lmagan kardan sharnirlari.


125
3. Kardanli uzatma konstruktsiyasining ishlash jarayoni.


4. Kardanli uzatmaning shlitsali birikmasi.
Tayanch so’z va iboralar: Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, umumiy
tuzilishi, burchak tezliklari bir xil bo’lgan va bir xil bo’lmagan kardan sharnirlari,
kardanli uzatma konstruktsiyasining ishlash jarayoni. kardanli uzatmaning shlitsali
birikmasi.
1. Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi.
Kardanli uzatma o’qlari bir-biriga to’g’ri yotmagan va o’z holatini o’zgartira
oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch uzatmaning bir agregatidan
boshqa agregatiga uzatib beradi. Avtomobilning kuch uzatmasiga o’rnatilgan
kardanli uzatma dvigateldan olinadigan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali
bitta yetakchi ko’prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko’prikka uzatib
berishi lozim.
Avtomobilь notekis yo’llarda yurganida yetakchi ko’prik ramaga nisbatan
tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o’zgarib turadi. SHu sababli burovchi
momentning uzatmalar qutisidan (yoki tarqatish qutisidan) yetakchi ko’prikga
o’zgaruvchan burchak ostida uzatishda kardanli uzatmadan foydalaniladi. Kardan
sharnirlar o’qlari bir-biriga nisbatan to’g’ri yotmagan vallardan burovchi
momentni o’zaro uzatish uchun xizmat qiladi. Tepish va buralma tebranishlar
xavfini kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli sharnirli
hamda ikkita val shuningdek oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan
foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali
birikma mavjud.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin