132
maqsadida yetakchi tishli g’ildirak valiga va yetaklanuvchi tishli g’ildirakka
qo’shimcha tayanchlar ishlanadi.
Gipoidli asosiy uzatmada yetakchi va yetaklanuvchi tishli g’ildiraklarning
o’qlari o’zaro kesishmay, bir-biriga nisbatan ma’lum masofaga (e) siljitilgan (12.1-
rasm,b). O’qlarining bir-biriga nisbatan bunday joylanishi
kardanli uzatmaning
orqa uchini pastroq tushiradi, bu esa o’z navbatida avtomobilning og’irlik
markazini pasaytirib, uning turg’unligini oshiradi. Bundan tashqari gipoidli
uzatmada tishlarning spiral burchagi katta bo’lgani uchun, ularning uzunligi xam
katta bo’lib, bir vaqtda ilashib turgan tishlarning soni konussimon tishlarinikiga
qaraganda ko’p bo’lib, ilashib turgan tishlarning har biriga to’g’ri
keladigan yukni
kamaytiradi. Uzatish soni va yetaklanuvchi tishli g’ildirak diametri bir xil bo’lgan,
ikki xil uzatmalarni taqqoslanganda gipoidli uzatmada yetakchi tishli g’ildirakning
diametri konnussimon uzatmadagi yetakchi tishli g’ildiraknikiga qaraganda
kattaroq ya’ni bikrligi yuqoriroq bo’ladi. Bo’larning barchasi gipoidli uzatmaning
afzalligi xisoblanib, uning mustaxkamligini va uzoq muddat
ishonchli shovqinsiz,
ravon ishlashini ta’minlaydi.
Uzatmaning kamchiliklari: g’ildirak tishlarining spiral burchagi katta
bo’lganligi tufayli tish sirtlari o’zaro sirpanib ishlaydi, natijada ular nisbatan tez
yoyiladi; yoyilishni oldini olish uchun sirpanib
ishlayotgan tish sirtlarida
mustaxkam moy qatlami xosil qiladigan maxsus gipoid moydan foydalanish kerak.
Bundan tashqari, bu uzatmaning tishli g’ildiraklarini tayyorlash nisbatan qiyin,
ularni yig’ishning aniqlik darajasi yuqori, chunki kichik noaniqlikning ta’siri tez
seziladi. Lekin shunga qaramay bu kamchiliklar gipoidli
uzatmaning afzalliklariga
xech qanday zarar yetkazmaydi.
Dostları ilə paylaş: