O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə108/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

TSilindrik asosiy uzatma, dvigateli ko’ndalang joylashgan old yuritmali
yengil avtomobillarda (Neksiya, Tiko, VAZ-2108) qo’llaniladi. Bunday uzatma,
uzatmalar qutisi va ilashish muftasi bilan birgalikda umumiy xisoblangan karterda
joylashtiriladi (12.1-rasm). Uzatmaning yetakchi tishli g’ildiragi uzatmalar qutisi
yetaklanuvchi valining orqa uchiga maxkamlanadi yoki u bilan birgalikda yaxlit
ishlanadi. Uzatmani shovqinsiz ishlashini ta’minlash maqsadida ko’pincha
g’ildiraklar qiya tishli bo’ladi va uning uzatish soni 3,5…4,2 oralig’ida tanlanadi.
Juft g’ildirakning rovon ishlashi uchun yetakchi g’ildirakning tishlar soni o’ntadan
kam olinmaydi. Aks holda ya’ni uzatishlar soni katta bo’lganda yetaklanuvchi
tishli g’ildirakning o’lchamlari kattalashib, uzatma karteri bilan yo’l orasidagi
masofa (yo’l tirqishi) kichiklashadi, ishlashida shovqin ortadi. TSilindrik
juftlikning f.i.k. 0,98 dan kam emas.
Ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan markaziy qo’shaloq asosiy
uzatmalar (12.2-rasm,a) katta va ayrim o’rta yuk avtomobillarida (ZIL-130,
KamAZ-5320) qo’llaniladi. Bunday uzatmalar bir juft konussimon va bir juft
tsilindrik tishli g’ildiraklardan tashkil topib, avtomobil yetakchi ko’prigining o’rta
qismida karterga joylashtiriladi.
Ikki qismga ajratilgan asosiy uzatmalar (12.2-rasm,b) asosan katta yuk
avtomobillarida ( MAZ, BelAZ ), shuningdek katta uzunlikka ega avtobuslarda
(LAZ, Mersedes) shuningdek, ayrim yengil o’tag’on avtomobillarda (UAZ-469)
qo’llaniladi. Asosiy uzatmani bunday ikki qismga, ya’ni markaziy 2 va g’ildirak 1
uzatmalarga bo’linishi yarim o’qlar bilan differentsialga tushadigan yuklarni


133
kamaytiradi. CHunki yarim o’qlar va differentsialdan uzatiladigan burovchi


momentning qiymati uzatmaning ko’prik o’rtasida joylashgan qismi, konussimon
juftlikning 2 uzatish soniga yarasha oshiriladi xolos. Burovchi mometning qolgan
qiymatini g’ildirak uzatmada 1 kattalashtirildi. Bundan tashqari ko’prikning o’rta
qismidagi markaziy uzatma, faqat bir juft tishli g’ildiraklardan tashkil topganligi
uchun, ixcham. Bu esa o’z navbatida ko’prik bilan yo’l orasidagi masofa N ni
(klirens) kattalashtirib, avtomobilning yomon yo’llarda va yo’lsiz joylarda
o’tuvchanligini oshiradi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin