130
konussimon va gipoidli asosiy uzatmaning farqi va afzalliklari, asosiy uzatma
konstruktsiyasi va tuzilishi va ishlashi jarayoni. differentsial va yarim o’qlarning
vazifasi, turlari, tuzilishi, differentsial konstruktsiyaning ishlash jarayoni, yarim
o’qlarning turlari, o’rnatilishi, ularning sxemasi.
1. Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari.
Asosiy uzatmaning vazifasi va turlari. Zamonaviy avtomobillarda
o’lchamlari va massasi nisbatan katta bo’lmagan, tezyurarligi hisobiga
yuqori
quvvat xosil qiladigan dvigetellar qo’llanilmokda. Biroq shunga qaramay bu
dvigatellar vallarida xosil bo’ladigan burovchi moment (agar bu momentni
o’zgartirmasdan to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning yetakchi g’ildiraklariga uzatilsa)
avtomobilning turli yul sharoitlarida yura olishiga yetarli emas. Avtomobilning
harakatlanishi uchun uning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni oshirish
qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishini yuqorida aytib utilgan. Lekin,
avtomobil ish mobaynida ko’p vaqt nisbatan katta tezlik bilan to’g’ri uzatmada
harakatlanadi. Demak, to’g’ri uzatmada, dvigatel
validagi burovchi moment
o’zgarmasdan, ya’ni avtomobilning yura olishga yetarli bo’lmagan holda yetakchi
g’ildiraklarga uzatilgan bo’lar edi. SHu sababli avtomobilning yetakchi
g’ildiraklaridagi burovchi momentni (aylanishlar chastotasini kamaytirish
xisobiga) zarur miqdorga oshirish uchun transmissiyaga asosiy uzatma kiritiladi.
Asosiy uzatma tishli g’ildiraklarining yetakchisi kichik diametrli
yetaklanuvchisi esa, katta diametrli qilib yasalgani uchun yarim o’qlarning
aylanishlar chastotasi (uzatish soni
u ga qarab)
kardan valning aylanishlar
chastotasiga karaganda kam bo’ladi. Yarim o’qlarning va u bilan bog’liq bulgan
yetakchi g’ildiraklarning aylanishlar chastatasi kardan val aylanishlar chastotasiga
nisbatan kancha kam bo’lsa, ulardagi burovchi moment shuncha ko’p bo’ladi.
Demak, yetakchi g’ildiraklardagi burovchi momentning, kardan valnikiga
nisbatan, ortishi asosiy uzatmaning uzatish soniga bog’liq bo’ladi (12.1-rasm).
1
2
3
5
4
g)
12.1-rasm Yakka asosiy uzatmalar sxemasi:
a –
konussimon; b – gipoidli; v – chervyakli; g – tsilindrik;
1 – uzatmalar qutisining yetaklanuvchi vali; 2 – asosiy
uzatmaning tsilindrik
shesternyasi; 3 – asosiy uzatmaningn tsilindrik tishli gildirag’i; 4 – differentsial; 5 -
g’ildirakning yuritma vali
131
Asosiy uzatmaning uzatish soni asosan dvigatelning quvvatiga va
tezyurarligiga shuningdek, avtomobilning massasi va kanday ishga
mo’ljallanganligiga bog’liq bo’lib, u yuk avtomobillarida 6,5…9,0; yengil
avtomobillarda esa 3,5…5,5 oralig’ida bo’ladi.
Asosiy uzatmalar, ilashishdagi tishli g’ildiraklarning soniga
qarab yakka
yoki qo’shaloq bulishi mumkin.
12.2-rasm. Qo’shaloq asosiy
uzatmalarning turlari:
a-yaxlit joylashgan markaziy
uzatma;
b-ikki qismga bo’lingan - ajratilgan
uzatma;
1-tsilindrik g’ildirak uzatma; 2-
konussimon markaziy uzatma.
Yakka uzatma bir juft tishli g’ildirakdan, qo’shaloq uzatma esa ikki juft tishli
g’ildiraklardan iborat. Yakka uzatmalar o’z
navbatida tsilindrik, kunussimon,
gipoidli yoki chervyakli bo’lishi mumkin. (12.1-rasm) Qo’shaloq uzatmalar esa
odatda bir juft kunussimon va bir juft tsilindrik tishli g’ildiraklardan tashkil topib,
ular o’z navbatida ko’prik o’rtasida yaxlit joylashgan –markaziy uzatma (12.2-
rasm, a) yoki ikki qisimga bo’lingan, ajratilgan uzatma (12.2-rasm,b) bo’lishi
mumkin. Yakka uzatmalar ko’pincha yengil yoki o’rta yuk avtomobillarida
qo’llaniladi. Dvigateli oldida va yetakchi ko’prigi orqada joylashgan
kompanovkali avtomobillarda konusli yoki gipoidli uzatmalar ishlatiladi.
Kompanovkasi old yuritmali bo’lgan yengil avtomobillarda (Neksiya, Tiko, VAZ-
2108 ) tsilindrik uzatmalar qo’llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: