125
3. Kardanli uzatma konstruktsiyasining ishlash jarayoni.
4. Kardanli uzatmaning shlitsali birikmasi.
Tayanch so’z va iboralar: Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari,
umumiy
tuzilishi, burchak tezliklari bir xil bo’lgan va bir xil bo’lmagan kardan sharnirlari,
kardanli uzatma konstruktsiyasining ishlash jarayoni. kardanli uzatmaning shlitsali
birikmasi.
1. Kardanli uzatmaning vazifasi, turlari, umumiy tuzilishi.
Kardanli uzatma o’qlari bir-biriga to’g’ri yotmagan va o’z holatini o’zgartira
oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch
uzatmaning bir agregatidan
boshqa agregatiga uzatib beradi. Avtomobilning kuch uzatmasiga o’rnatilgan
kardanli uzatma dvigateldan olinadigan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali
bitta yetakchi ko’prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko’prikka uzatib
berishi lozim.
Avtomobilь notekis yo’llarda yurganida yetakchi ko’prik
ramaga nisbatan
tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o’zgarib turadi. SHu sababli burovchi
momentning uzatmalar qutisidan (yoki tarqatish qutisidan) yetakchi ko’prikga
o’zgaruvchan burchak ostida uzatishda kardanli uzatmadan foydalaniladi.
Kardan
sharnirlar o’qlari bir-biriga nisbatan to’g’ri yotmagan vallardan burovchi
momentni o’zaro uzatish uchun xizmat qiladi. Tepish va buralma tebranishlar
xavfini kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda
kardanli sharnirli
hamda ikkita val shuningdek oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan
foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali
birikma mavjud.
Dostları ilə paylaş: