119
Uzatmalar qutisining karterida uchta val yetaklovchi (birlamchi), yetaklanuvchi
(ikkilamchi) va oraliq vallari hamda orqaga yurgazish shesternyasining o’qi
joylashgan. Yetaklovchi valning ikki uchi ikkita sharikli podshipniklarga tayangan
bo’lib, oldingi uchi tirsakli valning flanetsidagi o’yiqchada
joylashgan
podshipnikda, ketingi uchi esa uzatmalar qutisi karterining oldingi devorchasida
joylashgan podshipnikda yotadi. Birlamchi val qiya tishli shesternya bilan yaxlit
ishlangan bo’lib, oraliq valdagi shesternyalar blokining yetakchi shesternyasi bilan
doimo tishlashib turadi. To’g’ri uzatmani ulash uchun birlamchi val
shesternyasining orqa qismida tishli gardish ishlangan. Birlamchi valning sharikli
podshipnigi yon qopqoq bilan boltlar yordamida berkitilgan. Oraliq val to’rtta qiya
tishli shesternyalar va bitta to’g’ri tishli shesternyadan iborat
shesternyalar blokini
tashkil etadi va o’z o’qida uchta ninasimon (birinchisi o’qning old qismida,
ikkinchi va uchinchilari esa uning ketingi qismida ketma-ket joylashgan)
podshipniklarda o’rnatilgan. O’qning orqa uchidagi diskli qaydlagichi uning o’z
o’qida buralib ketishidan saqlaydi. Yetaklanuvchi val ham uzunasiga ikkita
tayanchga tayangan bo’lib, oldingi uchi birlamchi valning orqa tomonidan
chuqurchasiga kiritilgan rolikli podshipnik ketingi uchi esa uzatmalar qutisi
karterining devorchasiga joylashtirilgan sharikli podshipnikda o’rnatilgan.
Yetaklanuvchi valning shlitsli qismlariga birinchi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi
uzatmalarni ulash uchun qo’llaniladigan sinxronizatorli muftalar o’rnatilgan.
Valning jilvirlangan bo’yinchalariga esa oraliq val shesternyalari bilan doimo
tishlashgan, qiya tishli shesternyalar vtulkada erkin o’z o’qi atrofida
aylana
oladigan qilib joylashtirilgan. Avtomobilni oldinga harakatlantirish uchun
mo’ljallangan hamma uzatmalar, ya’ni I, II, III va IV uzatmalar sinxronizatorlar
yordamida, orqaga yurish uzatmasi esa shesternyani surish yuli bilan bajariladi
(10.1-rasm).
VAZ-2108, Neksiya, Tiko avtomobillarida uzatmalar qutisining asosiy farqi
vallarining soni
uchta emas, balki ikkitaligida – yetakchi va yetaklanuvchi.
Yetaklanuvchi valning o’ng uchida u bilan yaxlit ishlangan tsilindrsimon shesternya
bor. U differentsial qutisining yarim kosachasiga o’rnatilgan tishli g’ildirak bilan
doimo tishlashib turadi va bu mexanizm old yurituvchi ko’prikda asosiy
uzatma
vazifasini o’taydi.
10.1- rasm. Uzatmalar qutisining tasviriy chizmasi.
1 birlamchi val, 2-14-birlamchi va oraliq vallarning doimo ilashib turuvchi
shesternyalari, 3- tishli mufta, 4-va 7-vilkalar, 5-13-doim ilashib turgan 2 uzatma
shesternyalari, 6-12-birinchi uzatma shesternyalari, 9-11-orqaga yurgazish
shesternyalari, 8- ikkilamchi val, 10-orqaga yurgazish shesternyasi o’qi, 15-oraliq