O’qlararo differentsiallarning shakli va xususiyatlari. O’qlararo differentsial asosan g’ildirak formulasi. (6x4) va (6x6) bo’lgan ust
ko’prikli o’tagan avtomobillarda ishlatiladi. Birinchi turdagi avtomobilga KamAZ
5320 va ikkinchi turdagi avtomobillarga ZIL–133GYa hamda KrAZ avtomobili
kiradi. Tekis bo’lmagan yo’llarda o’rta va ketingi yetakchi ko’priklardagi
g’ildiraklar yo’l sirti bilan har-xil ilashib har-xil yo’l bosib o’tish mumkin.
O’qlararo differentsialning shakli 12.2-rasmda keltirilgan. Bunda ikkita orqa
ko’priklari yetakchi va shunga ko’ra uzatmalar kiritisidan burovchi moment o’rta
yetakchi ko’prikka uzatilishi mo’ljallangan.
Sattelit 7 krestovinasi o’qlararo differentsial yetakchi vali 3 ga biriktirilgan.
Sattelitlar bilan shesternyalar bilan ilashgan. O’ng tomondagi konussimon
shesterinya 6 tsilindrsimon shesternya 8 bilan birga tayyorlangan, chap tomondagi
konussimon shesternya 6 tsilindrsimon shesternya 1 bilan birga tayyorlangan.
SHesternya 8 o’rta ko’prikning yetakchi valini ikkiga o’rnatilgan shesternya 10
bilan ilashgan. SHesternya 1 orqa ko’prikning yetakchi vali 4 ga o’rnatilgan
shesternya 5 bilan ilashgan.
Avtomobil tekis yo’lda yurganda o’rta va orqa yetakchi ko’prikning
g’ildiraklari bir hil tezlikda aylanadi.
Krectovina satellitlari va konusli shesternyalar 1 butun bo’lib 1 ga aylanadi.
Burovchi moment yetakchi 2 ta ko’prikka teng taqsimlanadi.
Avtomobil yo’lda yurganda oraliq va ketingi ko’prik g’ildiraklari har xil
tezlikda aylangani uchun, g’ildiraklarga bog’liq bo’lgan yon konusli shesterniya
boshqasiga qaraganda sekin aylanadi. Bu sekin aylanayotgan shesteriniya bo’ylab
harakatlanishga olib keladi. Satellitlarni o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 2 chi
yon shesterniyaning shunga ko’ra g’ildirakning aylanish tezligi oshadi.
O’z-o’zidan blokirovkalovchi differentsialning tuzilishi va ishlashi. O’rta ko’prikning etakchi konussimon shesterniyasining flanetsiga
maxkamlangan mustaqil qutida blokirovkalash mexanizmi burovchi mementni
o’rta va ketingi yetakchi ko’priklar orasida teng taqsimlash va differentsiyalash
majburan blokirovkalash uchun mo’ljallangan (12.2-rasmga qarang.) Tishli
shesterniya 8 shesterniya 10 bilan va shesterniya 1 shesterniya 5 bilan har doim
ilashib turadi. SHesterniya 8 da tashqi tishlar bo’lib, u bilan tishli mufta 9 ilashadi.
Tishli mufta 9 ni ayri yordamida chapga surganimizda u shesteriniya 8 bilan
ilashadi. SHesternya 8 esa differentsialning bikirlash jarayoni hosil bo’ladi.
Bikirlash mehanizmini chapga tushirish orqali siqilgan havo jo’mragi orqali
yurutuvchi mehanizmga boradi va ayrini suradi.
Haydovchi avtomobilni sirpanchiq va nam tuproqli yo’llarda haydayotganda
ehtiyot o’rta yetakchi ko’prining yetakchi g’ildirakalaridan birining shataksirasini
bartaraf etish maqsadida bikirlash mexanizmi ayirish dasta yordamida ishga
tushiriladi.
137
Differentsialni majburiy blokirovkalash, avtomobil sirpanchiq va ho’l