159
Tortish-tirkash qurilmasidan transport tirkamalarini tortishda qo’llaniladi.
Bu tirkash qurilmasi uchun asosiy yuklanma turi bo’ylama kuch ekanligi bilan
xarakterlidir.
Tayanch–tirkash qurilmasi yarim tirkamalarni tortishda qo’llani-ladi. Bu
tirkash qurilmasi bo’ylama
kuchdan tashqari, tortayotgan yarim tirkama vaznidan
vertikal yuklanmani o’ziga olib, tortuvchi avtomobilga o’tkazadi va ayni bir paytda
burish mexanizmi vazifasini bajaradi.
5. Furgon, refrejeratorlar, tsisternalar.
Vertikal yuklamani taksimlanishi
usuliga ko’ra avtopoezdlar quyidagi
turlarga bo’linadi:
a) yuklanma mustaqil taqsimlana-
digan (16.1 rasm a,b,v); nomustakil
(bog’liqli) taqsimlanadigan (16.1 rasm
g, d); aralash taqsimlanadigan (16.1
rasm j).
Avtopoezdlar
uchun
quyidagi
cheklanishlar qo’yilgan:
a) avtopoezdning maksimal to’la
massasi o’qlar soni 5 ta bo’lsa 40t, 6 ta
va undan ko’p bo’lsa 52 t;
b) avtopoezdning eni 2.5 m,
balandligi 3.8 m;
ikki zvenoli
avtopoezdni uzunligi–20 m, uch
zvenolikniki esa – 24 m.
Konstruktiv variantlariga ko’ra avtopoezdlarning tirkash (ilashtirish)
qurilmalari ikki turli bo’ladi:
1. Tortish-tirkash (ilashtirish); 2. Tayanch (egar)-tirkash (ilashtirish). Tortish –
tirkash qurilmasi quyidagilardan iborat:
- ajratish – tirkash uzeli;
- amortizatsiyalash – yutish mexanizmi;
- burish –
chiqarish mexanizmi;
- mahkamlash uzeli.
Tayanch – tirkash qurilmasi esa quyidagilardan iborat:
- ajratish – tirkash mexanizmi;
- avtopoezdni egiluvchanligini ta’minlovchi mexanizm;
- mahkamlash uzeli.
Nazorat savollari:
1. Ixtisoslashtirilgan transport vositalarining ta’rifini ifodalang
va turlarini
keltiring.