19-Mavzu: Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Dvigatelning tezlik xarakteristikalari. Reja. 1. Avtomobil nazariyasining rivojlanishi
2. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari
3. O’lchagich va ko’rsatkichlar, GOSTlar, me’yorlar
4. Avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari, baholovchi parametrlar.
Tayanch so’z va iboralar. Avtomobil nazariyasining rivojlanish istiqbollari,
avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari, o’lchagich va ko’rsatkichlar, GOSTlar
va me’yorlar, avtomobilning tortish-tezlik xususiyatlari, avtomobilning tortish-
tezlik xususiyatlari, baholovchi parametrlar.
1. Avtomobil nazariyasining rivojlanishi. Bu fan transport vositasini harakat qonunlarini o’rganuvchi fan bo’lib, bu
qonunlar, izlanishlar va tajriba asosida avtomobilga ta’sir etuvchi omillarni taxlil
qiladi. Bu fan tufayli avtomobil tuzilishini takomillashtirish, turli ish sharoiti uchun
avtomobil va harakatlanishni tanlash hamda avtomobilni loyixalashda uning
ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini oldindan tanlash yo’llarini o’rganiladi.
Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining yaratilishiga N.E.Jukovskiyning
1917 yilda yaratilgan «Avtomobilning burilishidagi harakati» nomli kitobi asos
bo’lgan.
Avtomobil nazariyasi bo’yicha akademik Ye.A.CHudakov avtomobil
dinamikasi, yonilg’i tejamkorligi va turg’unlik masalalarini ishlab chiqdi.
V.M.Pevzner avtomobil g’ildiraklarining yonaki sirpanish nazariyasi va
turg’unlik nazarisini ishlab chiqdi. V.M.Pevzner «Avtomobil turg’unligi
nazariyasi» kitobini nashr etdi.
Avtomobil dinamikasi va yonilg’i tejamkorligi masalalarini hal etishda
B.S.Falьkevich, N.K.Kulikovlarning ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega.
Avtomobilni tormozlash masalasini N.A.Buxarin, yurish ravonligi
masalasini R.V.Rotenberg, boshqariluvchanlik va turg’unlik masalalarini
A.S.Litvinov tomonidan tadqiq etildi.