164
yeyilishi, yonilg’i yonish vaqtining noto’g’ri tanlanishi va boshqalar dvigatel
quvvatining kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Havo filtri ifloslansa, tsilindrning
to’lishi yomonlashadi, yonuvchi aralashma xosil bo’lishi qiyinlashadi va
dvigatelning quvvati kamayadi. Avtomobilni ishlatishda shassi, uzel va
mexanizmlar yomon sozlangan bo’lsa, masalan, bosh
uzatma podshipniklarining
qattiq tortilganligi yoki konus shesternyalarining tishlashishi noto’g’ri bo’lsa,
transmissiyadagi ishqalanishni yengishga sarflangan quvvat kattalashadi,
avtomobilning dinamikasi yomonlashadi. Oldingi g’ildiraklar yaqinlashuvining
noto’g’riligi ham avtomobilь dinamikasiga yomon ta’sir ko’rsatadi.
Avtomobil dinamikasining yomonlashuvi, maksimal tezliginikamaytiradi va
tezlanishini pasaytiradi. Avtomobilь joriy ta’mirgacha o’tgan yo’lda uning
maksimal tezligi kamayadi, bir vaqtdayonilg’i sarflashi esa ortadi. Dvigatelь
quvvatining ancha qismitransmissiya agregatlaridagi moyni sachratish uchun
sarflanadi.SHuning uchun qish faslida suyuq bo’lgan qishki transmissiya
moyiishlatilishi avtomobil joyidan qo’zg’alishi
davrida quvvatiningkam
sarflanishiga sabab bo’ladi.
Yuqoridagi misollar shuni ko’rsatadiki, avtomobilь konstruktsiyasidagi
afzalliklar uning faqat texnikaviy holati yaxshi bo’lgandagina ish avtomobilga
qo’yiladigan talablarni qanoatlantiradi. Buning uchun o’z vaqtida va sifatli
texnikaviy qarov o’tkazilishi, agregatlarning ishlash sharoitiga mos yonilg’i va
moy ishlatilishi zarur.
Avtomobilning tortish qobiliyatini hisoblashdan maqsad dvigatel va
transmissiyaning avtomobilga maksimal shig’ov tezlanishini, yo’llarda uning
maksimal tezlik bilan harakatlanishi hamda ortiqcha qarshilikka ega bo’lgan
yo’llarda bemalol yurishini ta’minlovchi parametrlarni aniqlashdir.
Loyihalanayotgan avtomobilning tortish qobiliyatini hisoblashda uchta
parametr ishlatiladi:
1. Berilgan parametrlar: avtomobilь, uning dvigateli va turi,
nominal yuk-G
yuk
ko’tarish qobiliyati, to’g’ri uzatma qo’shilganda ega bo’lishi mumkin bo’lgan
maksimal tezlik
V
amax
maksimal tezlik bilan harakatlanayotganda yengishi mumkin
bo’lgan yo’lning jami qarshiligi
ψ
amax
, birinchi uzatmada harakatlanib yengishi
mumkin bo’lgan yo’lning jami qarshiligi
ψ
max
.
2. Qabul qilingan parametrlar: avtomobilning o’z og’irligi-
G
0
havo
qarshiligini yengish koeffitsienta -
K, avtomobilning oldidan qaralgandagi yuzasi -
F, yuklanmagan va yuklangan avtomobilning oldingi va ketingi o’qlariga to’g’ri
kelgan og’irliklar -
G
01
,
G
o2
,
G
al
,
G
a2
; shina o’lchamlari, dvigatelning maksimal
quvvatiga mos kelgan tirsakli valning
aylanishlar chastotasi - n
gNmax
.
3. Hisoblab aniklanishi zarur bo’lgan parametrlar: dvigatelning maksimal
quvvati –
N
gmax
va ishchi yuzasi -
F , asosiy uzatma –
U
b.u.
, uzatmalar qutisi –
U
u.k.
,
taqsimlash qutisi –
U
t.q
ning uzatish sonlari.
Qabul qilinuvchi parametrlar halq xo’jaligida ishlatilayotgan avtomobillar
texnikaviy tavsifnomasini kritik tahlil kilish, avtomobil transportining kelajagini
hisobga olib ilg’or loyihalash usullari qabul qilinishi zarur.
Dostları ilə paylaş: