21
Tormoz boshqarmasining vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi.
Avtomobilning tekis yoki o’zaruvchan tezlikda
shitob bilan balandlikka va
inertsiya kuchi bilan pastlikka harakatlanish hollari uchraydi. Avtomobil
harakatlanishining hamma hollarida, vaziyatga qarab, sekinlatish yoki to’xtatish va
to’xtatilgan avtomobilni o’z holatida qo’zg’atmasdan saqlab turish kerak bo’ladi.
SHu
maqsadda har bir avtomobilda, albatta ikkita: ish va to’xtatib turish tormoz
tizimi bor. Avtomobillarning og’ir va o’ta og’ir ko’taruvchi modellarida esa
qo’shimcha, yordamchi va avariya tormoz tizimlari ham bo’lib, ularning
har biri
ma’lum vaziyatda o’z vazifasini bajaradi. SHu nuqtai nazardan qaralganda
avtomobil yoki avtotransport vositasini tormozlash vazifasini bajaruvchi tizimlar
yig’indisiga
tormoz boshqarmasi deb yuritiladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari
: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
18-Mavzu. Ixtisoslashtirilgan transport vositalari.
ITVning tarfi, afzallik va kachiliklari. ITV larining tasn7ifi va vazifalari.
Avtopoezdlarning tarifi, turlari va avzalliklari. Avtopoezdlarning tirkash
qurilmalarining turi va ularga qo’yilgan talablar. Avtomobil o’zi to’kuvchilarning
ta’rifi, vazifasi va tasnifi. Ko’tarish mexanizmining konstruktsiyasi
va ishlash
printsipi. Avtomobil tsisternalarining tarifi, vazifasi va tasnifi. Avtomobil
tsisternalarining texnologik jixozlarini tuzilishi va ishlash printsipi. Avtomobil
furgonlarining ta’rifi, vazifasi va tasnifi. Refrijiratorli furgonlarning sovutish
tizimlari.
Ma’lum turdagi yukni (yoki o’xshash yuklar guruhini)
tashishga
moslashtirilgan yoki tushirish - yuklashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar bi-lan
jihozlangan avtomobil (avtopoezdlar) majmui ixtisoslashtirilgan transport
vositalari (ITV) deyiladi.
Yuqoridagidan kelib chiqqan holda ITV quyidagi turlarga bo’linadi: o’zi
ag’daruvchilar (samosvallar); o’zi yuklovchilar (samopogruzchiki); tsisternalar;
furgonlar; uzun o’lchamli, og’ir vaznli va qurilish konstruktsiyalari tashuvchilar.
Bazaviy shassisiga ko’ra ITV avtomobil, tirkama va yarim tirkamalarga bo’linishi
mumkin.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari
: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
Dostları ilə paylaş: