22
ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini oldindan tanlash yo’llarini o’rganiladi.
Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining yaratilishiga N.E.Jukovskiyning
1917 yilda yaratilgan «Avtomobilning burilishidagi harakati» nomli kitobi asos
bo’lgan.
Avtomobil nazariyasi bo’yicha akademik Ye.A.CHudakov avtomobil
dinamikasi, yonilg’i tejamkorligi va turg’unlik masalalarini ishlab chiqdi.
V.M.Pevzner avtomobil g’ildiraklarining yonaki
sirpanish nazariyasi va
turg’unlik nazarisini ishlab chiqdi. V.M.Pevzner «Avtomobil turg’unligi
nazariyasi» kitobini nashr etdi.
Avtomobil dinamikasi va yonilg’i tejamkorligi masalalarini hal etishda
B.S.Falьkevich, N.K.Kulikovlarning ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega.
Avtomobilni tormozlash masalasini N.A.Buxarin, yurish ravonligi
masalasini R.V.Rotenberg, boshqariluvchanlik va turg’unlik
masalalarini
A.S.Litvinov tomonidan tadqiq etildi.
Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari nazariyasiga B.A.Ilarionov,
V.V.Osepchugov, A.K.Frumkin, B.M.Fitterman, A.A.Xachaturov va boshqa olimlar
katta hissa qo’shganlar.
O’zbekiston Respublikasi olimlaridan T.S.Xudoyberdiev, X.Mamatov va
M.O.Qodirov o’zlarining ilmiy tadqiqotlariga asosan «Traktor
va avtomobillar
nazariyasi hamda hisobi» va «Avtomobil konstruktsiyasi va nazariya asoslari»
nomli o’quv qo’llanmalarini yaratdilar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari
: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot,
keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-o’zini
nazorat.
Dostları ilə paylaş: