15-Mavzu. Avtomobilning yurish qismi. Ko’tarib turuvchi tizimning vazifasi va turlari. Ramaning vazifasi turlari va
konstruktsiyasi. Osmaning vazifasi tuzilishi va turlari. Osmaning konstruktsiyasi.
Amartizatorning ishlashi va konstruktsiyasi. G’ildiraklarning vazifasi va turlari.
SHinaning vazifasi, turlari va o’lchamlari. G’ildirakning to’g’ini gupchagi va
birlashtiruvchi elementlarining tuzilishi. Boshqariluvchi g’ildiraklarning o’rnatilish
burchaklari. Kuzovning vazifasi va turlari: yengil avtomobil kuzovlari: avtobus
kuzovlari: yuk avtomobil kuzovlari va kabina. Kuzovni shamollatish va isitish
tizimi.
Avtomobil yo’lsiz chuqurliklar va past-baland tik bo’lmagan yo’lda
harakatlanayotganda g’ildiraklarga zarba va turtki kuchlar ta’sir etadi, natijada
avtomobil siltanib hamda tebranib harakatlanadi. Bo’lardan saqlanish uchun
avtomobil ramasi yoki kuzovi elastik elementlar (ressora, prujina, amortizator,
rezina xavoli yostikcha) yordamida ko’priklarga o’rnatiladi. Bu elastik elementlar
avtomobil osmasini xosil qiladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z- o’zini nazorat. 16-Mavzu. Rul boshqarmasi. Rul boshqarmasini vazifasi va turlari. Rul boshqarmasini asosiy elementlari.
Boshqariluvchi g’ildiraklarni barqarorlashtirish. Rul mexanizmining vazifasi
ishlashi va konstruktsiyasi. Rul yuritmasining vazifasi ishlashi va konstruktsiyasi.
Rul kuchaytirgichining vazifasi ishlashi va konstruktsiyasi.
Avtomobil harakatlanayotganda uning yo’nalishini oldingi g’ildiraklarni
burib o’zgartiriladi. Bu vazifani Rul boshqarmasi bajaradi.
Avtomobil burilayotganda uning barcha g’ildiraklari yonga sirpanmasdan
g’ildirashi uchun bir nuqtada chizilgan aylanalar bo’yicha harakatlanishi lozim. Bu
nuqtani (o) burilish markazi deb ataladi.
Avtomobillarda asosan globoidli chervyak-rolik, silindrik chervyak-sektor,
hamda vint-sektor tipidagi ul mexanizmlari ishlatiladi. Ulardan globoidli chervyak-
rolik tipidagi rul mexanizmi eng ko’p tarqalgan.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z- o’zini nazorat.