O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


-Mavzu. Avtomobilning yurish qismi



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə18/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

15-Mavzu. Avtomobilning yurish qismi.
Ko’tarib turuvchi tizimning vazifasi va turlari. Ramaning vazifasi turlari va
konstruktsiyasi. Osmaning vazifasi tuzilishi va turlari. Osmaning konstruktsiyasi.
Amartizatorning ishlashi va konstruktsiyasi. G’ildiraklarning vazifasi va turlari.
SHinaning vazifasi, turlari va o’lchamlari. G’ildirakning to’g’ini gupchagi va
birlashtiruvchi elementlarining tuzilishi. Boshqariluvchi g’ildiraklarning o’rnatilish
burchaklari. Kuzovning vazifasi va turlari: yengil avtomobil kuzovlari: avtobus
kuzovlari: yuk avtomobil kuzovlari va kabina. Kuzovni shamollatish va isitish
tizimi.
Avtomobil yo’lsiz chuqurliklar va past-baland tik bo’lmagan yo’lda
harakatlanayotganda g’ildiraklarga zarba va turtki kuchlar ta’sir etadi, natijada
avtomobil siltanib hamda tebranib harakatlanadi. Bo’lardan saqlanish uchun
avtomobil ramasi yoki kuzovi elastik elementlar (ressora, prujina, amortizator,
rezina xavoli yostikcha) yordamida ko’priklarga o’rnatiladi. Bu elastik elementlar
avtomobil osmasini xosil qiladi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
16-Mavzu. Rul boshqarmasi.
Rul boshqarmasini vazifasi va turlari. Rul boshqarmasini asosiy elementlari.
Boshqariluvchi g’ildiraklarni barqarorlashtirish. Rul mexanizmining vazifasi
ishlashi va konstruktsiyasi. Rul yuritmasining vazifasi ishlashi va konstruktsiyasi.
Rul kuchaytirgichining vazifasi ishlashi va konstruktsiyasi.
Avtomobil harakatlanayotganda uning yo’nalishini oldingi g’ildiraklarni
burib o’zgartiriladi. Bu vazifani Rul boshqarmasi bajaradi.
Avtomobil burilayotganda uning barcha g’ildiraklari yonga sirpanmasdan
g’ildirashi uchun bir nuqtada chizilgan aylanalar bo’yicha harakatlanishi lozim. Bu
nuqtani (o) burilish markazi deb ataladi.
Avtomobillarda asosan globoidli chervyak-rolik, silindrik chervyak-sektor,
hamda vint-sektor tipidagi ul mexanizmlari ishlatiladi. Ulardan globoidli chervyak-
rolik tipidagi rul mexanizmi eng ko’p tarqalgan.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin