O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


VI- SEMESTR bo’yicha dastur mazmuni



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə20/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

VI- SEMESTR bo’yicha dastur mazmuni
1-Mavzu. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari. Dvigatelning
tezlik xarakteristikalari.
Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari xaqida umumiy ma’lumotlar.
Avtomobilkonstruktsiyasi va ekspluatatsion xususiyatlar bog’liqligi. Dvigatel
tezlik xarakteristikalarining turlari, grafiklari va xarakat nuqtalari.
Bu fan transport vositasini harakat qonunlarini o’rganuvchi fan bo’lib, bu
qonunlar, izlanishlar va tajriba asosida avtomobilga ta’sir etuvchi omillarni taxlil
qiladi. Bu fan tufayli avtomobil tuzilishini takomillashtirish, turli ish sharoiti uchun
avtomobil va harakatlanishni tanlash hamda avtomobilni loyixalashda uning


22
ekspluatatsiyaviy xususiyatlarini oldindan tanlash yo’llarini o’rganiladi.


Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining yaratilishiga N.E.Jukovskiyning
1917 yilda yaratilgan «Avtomobilning burilishidagi harakati» nomli kitobi asos
bo’lgan.
Avtomobil nazariyasi bo’yicha akademik Ye.A.CHudakov avtomobil
dinamikasi, yonilg’i tejamkorligi va turg’unlik masalalarini ishlab chiqdi.
V.M.Pevzner avtomobil g’ildiraklarining yonaki sirpanish nazariyasi va
turg’unlik nazarisini ishlab chiqdi. V.M.Pevzner «Avtomobil turg’unligi
nazariyasi» kitobini nashr etdi.
Avtomobil dinamikasi va yonilg’i tejamkorligi masalalarini hal etishda
B.S.Falьkevich, N.K.Kulikovlarning ilmiy tadqiqot ishlari katta ahamiyatga ega.
Avtomobilni tormozlash masalasini N.A.Buxarin, yurish ravonligi
masalasini R.V.Rotenberg, boshqariluvchanlik va turg’unlik masalalarini
A.S.Litvinov tomonidan tadqiq etildi.
Avtomobilning ekspluatatsiyaviy xususiyatlari nazariyasiga B.A.Ilarionov,
V.V.Osepchugov, A.K.Frumkin, B.M.Fitterman, A.A.Xachaturov va boshqa olimlar
katta hissa qo’shganlar.
O’zbekiston Respublikasi olimlaridan T.S.Xudoyberdiev, X.Mamatov va
M.O.Qodirov o’zlarining ilmiy tadqiqotlariga asosan «Traktor va avtomobillar
nazariyasi hamda hisobi» va «Avtomobil konstruktsiyasi va nazariya asoslari»
nomli o’quv qo’llanmalarini yaratdilar.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot,
keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-o’zini
nazorat.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin