13-Mavzu. Kardanli uzatma.
Kardan uzatmaning ta’rifi vazivasi va tasnifi. Kardanli uzatma
konstruktsiyasining tuzilishi va ishlash printsipi: kardan sharnirlari: kardan vallari:
oraliq tayanch shlitsali brikma. Burchak tezliklari teng bulgan va teng bo’lmagan
kardanli sharnirlarni tuzilishi va ishlashi.
Kardanli uzatma o’qlari bir-biriga to’g’ri yotmagan va o’z holatini o’zgartira
oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch uzatmaning bir agregatidan
boshqa agregatiga uzatib beradi. Avtomobilning kuch uzatmasiga o’rnatilgan
kardanli uzatma dvigateldan olinadigan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali
bitta yetakchi ko’prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko’prikka uzatib
berishi lozim.
Avtomobil notekis yo’llarda yurganida yetakchi ko’prik ramaga nisbatan tik
tekislikda tebranib, uzatish burchagi o’zgarib turadi. SHu sababli burovchi
momentning uzatmalar qutisidan (yoki tarqatish qutisidan) yetakchi ko’prikga
o’zgaruvchan burchak ostida uzatishda kardanli uzatmadan foydalaniladi. Kardan
sharnirlar o’qlari bir-biriga nisbatan to’g’ri yotmagan vallardan burovchi
momentni o’zaro uzatish uchun xizmat qiladi. Tepish va buralma tebranishlar
xavfini kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli sharnirli
hamda ikkita val shuningdek oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan
foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali
birikma mavjud.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z- o’zini nazorat. 14-Mavzu. Asosiy uzatma. Differentsial va yarim o`qlar. Asosiy
uzatmaning tarifi, vazifasi va tasnifi. Asosiy uzatmani konstruktsiyasining tuzilishi
va ishlash printsipi: yetakchi val: yetakchi va yetaklanuvchi shesternyalar.
Diffferentsiyalning ta’rifi vazifasi va tasnifi. Differentsiyal konstruktsiyasining
tuzilishi va ishlash printsipi: satelitlar qutisi: satelitlar yarim o’q shesterniyalari:
satelitlar o’qi. Yarim o’qlarning tarifi vazifasi va tasnifi. Yarim o’qlarning
konstruktsiyasi.
Zamonaviy avtomobillarda o’lchamlari va massasi nisbatan katta bo’lmagan,
tezyurarligi hisobiga yuqori quvvat xosil qiladigan dvigetellar qo’llanilmokda.
Biroq shunga qaramay bu dvigatellar vallarida xosil bo’ladigan burovchi moment
(agar bu momentni o’zgartirmasdan to’g’ridan-to’g’ri avtomobilning yetakchi
g’ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning turli yul sharoitlarida yura olishiga yetarli
emas. Avtomobilning harakatlanishi uchun uning yetakchi g’ildiraklaridagi
burovchi momentni oshirish qisman uzatmalar qutisi yordamida bajarilishini
yuqorida aytib utilgan. Lekin, avtomobil ish mobaynida ko’p vaqt nisbatan katta
tezlik bilan to’g’ri uzatmada harakatlanadi. Demak, to’g’ri uzatmada, dvigatel
validagi burovchi moment o’zgarmasdan, ya’ni avtomobilning yura olishga yetarli
bo’lmagan holda yetakchi g’ildiraklarga uzatilgan bo’lar edi. SHu sababli
20
avtomobilning yetakchi g’ildiraklaridagi burovchi momentni (aylanishlar
chastotasini kamaytirish xisobiga) zarur miqdorga oshirish uchun transmissiyaga
asosiy uzatma kiritiladi
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z- o’zini nazorat.