29
yuklanishlarni kamaytiradi, avtomobilning tebranishini so’ndiradi, xamda harakat
davomida avtomobil kuzovini holatini tekis saqlab turadi.
Osmalar yordamida
rama yoki kuzov bilan ko’priklar yoki g’ildiraklar bevosita birlashtiriladi. Osmalar
avtomobilning ramasi yoki kuzovi bilan ko’priklar o’rtasida elastik aloqani doim
ta’minlab g’ildirakdan uzatilgan turtki siltanish va tebranishlarni so’ndiradi, hamda
avtomobilni tekis harakatlanishini ta’minlaydi. Ishlash uslubiga ko’ra osmalar
mustaqil va nomustakil turlarga bo’linadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari
: dialogik yondoshuv, muammoli
ta’lim. Mahruza, namoyish etish, ko’rgazmali taqdimot, keys, videa-animatsiya
metodlari.
11-Mavzu. Avtomobilning rul boshqarmasi.
Avtomobilning rul boshqarmasini turlari bilan tanishish. Avtomobilning rul
boshqarmasini vazifasi bilan tanishish. Avtomobilning
rul boshqarmasini tuzilishi
bilan tanishish. Avtomobilning rul boshqarmasini ishlashi bilan tanishish.
Avtomobilning rul boshqarmasini avtomobilga o’rnatilishi bilan tanishish.
Avtomobil harakatlanayotganda uning yo’nalishini oldingi g’ildiraklarni burib
o’zgartiriladi. Bu vazifani
Rul boshqarmasi bajaradi.
Avtomobil burilayotganda uning barcha g’ildiraklari yonga sirpanmasdan
g’ildirashi uchun bir nuqtada chizilgan aylanalar bo’yicha harakatlanishi lozim. Bu
nuqtani (o)
burilish markazi deb ataladi.
Avtomobillarda asosan
globoidli chervyak-rolik, silindrik chervyak-sektor,
hamda vint-sektor tipidagi ul mexanizmlari ishlatiladi.
Ulardan globoidli chervyak-
rolik tipidagi rul mexanizmi eng ko’p tarqalgan.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari
: dialogik yondoshuv, muammoli
ta’lim. Mahruza, namoyish etish, ko’rgazmali taqdimot, keys, videa-animatsiya
metodlari.
Dostları ilə paylaş: