O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


-Mavzu. Avtomobilning o’tag’onlik xususiyati



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə24/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

7-Mavzu. Avtomobilning o’tag’onlik xususiyati.
Avtomobilni o’tag’onligi xaqida tushuncha. O’tag’onlik turlari. Profil
o’tag’onlik o’lchagichlari. Tayanch o’tag’onlik o’lchagichlari. O’tag’onlikni
umumlashgan ko’rsatkichlari.
Qiyin yo’l sharoitida va yo’l bo’lmagan joylarda ham transport vositasining
harakatlana olish qobiliyatini uning yo’l to’siqlaridan o’tuvchanligi deyiladi.
Transportni vositasini ishlatish shuni ko’rsatadiki, yo’l sharoiti yomon bo’lgan
taqdirda ham undan unumli foydalanishni talab etiladi. Qiyin yo’l sharoitiga o’tish


25
qiyin bo’lgan uchastkalar, sirpanchiq, yumshoq va tog’li yo’llar kiradi.


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
8-Mavzu. Avtomobilning yurish rovonligi xususiyati.
Yurish ravonligi o’lchagichlari. Avtomobilning tebranishi. Erkin va
majburiy tebranishlar. Avtomobilning titrashi. Tebranma xarakat va titrashni inson
organizmiga ta’siri.
Avtomobil agregatlari bir-biri bilan sharnirli birikmalar va elastik birikmalar
bilan biriktirilgan bo’lib, yo’lning tekisligi natijasida o’zgaruvchan kuchlar
ta’sirida tebranadi. Tebranishlar yo’lovchilar va haydovchiga ta’sir ko’rsatadi,
qismlarning yoyilishi ortadi, yonilg’i sarfi ham ortadi va avtomobilning
unumdorligi kamayadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.
9-Mavzu. Avtomobilning ekologik xususiyatlari. Avtomobilning ekologik
xususiyatlari ta’rifi, atrof muxitga ta’siri. Avtomobilning atrof muhitga salbiy
ta’sirini kamaytirish tadbirlari. Alьternativ yonilg’i turlarini qo’llash. Kattalik
neytralizatorlar. Gibrit yuritmali avtomobillar. Elektromobillar.
SHovqin va vibratsiya tarifi, salbiy oqibatlari. SHovqin darajasini
kamaytirish konstruktiv tadbirlari. Eskirgan avtomobillardan foydalanish
muammolari.
Avtomobillar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda, chet ellardan turli xildagi
avtomobillar kirib kelmokda. U avtomobillar atrof-muhit va inson salomatligiga
katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, bir avtomobil dvigateli o’z silindrlari orqali
60 sekund ichida taxminan 5000 litr yonilg’i aralashmasini o’tkazadi, shu vaqt
ichida 100 ta odam nafas olishi uchun kerak bo’lgan xavo sarflanishi mumkin.
Bitta avtomobil bir yilda tashqi muhitga 800 kg SO, 220 kg, SO
2
va 40 kg NO gazi
xamda bir qancha boshqa zaxarli gazlar chiqaradi. SHu bilan birga avtomobil
dvigatelining ishlashi natijasida hosil bo’lgan shovqin ham odamlarning
salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Avtomobilning atrof-muhit va odam
organizmiga ko’rsatayotgan zararli ta’sirini biroz kamaytirish uchun dvigatelning
ish maromini aniq tanlash, yonilg’i berish asboblarini o’z vaqtida rostlash, vaqti-
vaqti bilan moylash tizimini yuvib turish, dvigatelni suyuqlashgan aralashmada
ishlatish yo’llari bilan undan chiqayotgan zaxarli gazlar miqdorini kamaytirish
mumkin. Ishlatiladigan gazlar tarkibidagi zaxarli moddalarni kamaytirish uchun
ularni tashqi muhitga chiqarish oldidan tozalash lozim. Buning uchun tovush
pasaytirgichlar o’rnida maxsus soflagich (neytrolizator)lar o’rnatilmokda.
Avtomobil dvigateli ishlaganda va avtomobil harakatlanganda shovqin xosil
bo’ladi. SHovqinni kamaytirish uchun tovush so’ndirgichlarning takomillashgan
nusxalarni o’rnatish va avtomobilning yurish qismlarini takomillashtirish lozim.


26
Avtomobillardan chiqayotgan chiqindi suvlarni tozalash kerak.


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalaridialogik yondoshuv, ko’rgazmali
taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z-
o’zini nazorat.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin