5-Mavzu. Avtomobilning yonilg’i tejamkorlik xususiyati. Yonilg’i tejamkorligini o’lchvagichlari Yonilg’i tejamkorligining
ko’rsatkichlari. Yonilg’i sarfi tenglamasi. Yonilg’i sarfini meyorlash.
Avtomobilning asosiy xususiyatlaridan biri uning yonilg’i tejamkorligidir,
chunki tashilayotgan yukning tannarxini 15-20 foizini yonilg’i sarfi tashkil etadi.
Avtomobilning iqtisodiy sifati uning berilgan yo’l sharoitida harakatlanib,
sarf qilgan yonilg’i miqdori bilan beligilanadi.
Avtomobil dvigatelining tejamkorligini baholash uchun o’lchov birligi qilib
solishtirma yonilg’i g e g
/(kVt·soat) sarfini qabul etilgan. Bu o’lcham dvigatelning
tejamkorligini aniqlaydi, lekin avtomobilning tejamkorligini aniqlay olmaydi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z- o’zini nazorat. 6-Mavzu. Avtomobilning boshqariluvchanligi va turg’unlik xususiyati. Boshqariluvchanlik xususiyatlarini o’lchagichlari. Boshqariluvchanlik
bo’yicha kritik tezlik. G’ildirakni yonaki surilishi va avtomobilni buriluvchanligi.
Avtomobilni yonaki surilishi bo’yicha kritik tezlik. Boshqariluvchi g’ildiraklarni
tebranishi.
Turg’unlik xususiyatini o’lchagichlari. Avtomobilni bo’ylama tekislikdagi
turg’unligi. Avtomobilni ko’ndalang tekislikdagi turg’unligi.
Boshqaruvchanlik o’lchamlariga: burilish radiusi, o’ng va chap oldingi
g’ildiraklarining burilish burchaklari, oldi va keyingi ko’priklarining sirpanish
burchaklari, burilish markazining joylanishi, avtomobil bazasi, oldingi va orqa
ko’prik o’lchamlari kiradi.
Boshqaruvchanlik ko’rsatkichlariga: avtomobilga ta’sir etuvchi ko’ndalang
kuch, oldingi va orqa g’ildiraklariga ta’sir etuvchi reaktsiya kuchlari, sirpanishni
qarshilik koeffitsienti, avtomobilni kritik tezligi va boshqariluvchi g’ildiraklarning
burilish burchaklari o’rtasidagi bog’lanishlar kiradi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, ko’rgazmali taqdimot, keys, video-animatsiya, muammoli ta’lim. blits, menyu, munozara, o’z- o’zini nazorat.