IV. Ishning bajarilish tartibi:
4.1. Quyidagilarni o’qib, to’la o’zlashtirish lozim:
· Ko’rsatilgan adabiyot va uslubiy ko’rsatmaga asosan Tiko, Damas,
Neksiya, ZIL-130 va KamAZ-5320 avtombillarining kardanli uzatma,
asosiy uzatma, differentsial, va yarim o’qlarini vazifasi, tuzilishi va
ilashishini o’qib o’rganish;
·
Kardanli uzatma, asosiy uzatma, differentsial, va yarim o’qlarni
avtomobilda o’rnatilishi, mahkamlanishi va kardanli uzatmadan harakatni
differentsialga uzatilish tartibi bilan tanishish;
· Bir va ikki pog’anali asosiy uzatmani sozlash usuli bilan tanishish;
· Gipoidli asosiy uzatmani sozlash usuli bilan tanishish;
· Differentsialning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish;
· Yarim o’qlarning tuzilishi, ishlashi va ularning yuksizligi bilan tanishish.
V. Hisobotni tuzish tartibi:
5.1. Kardanli uzatmaning vazifasi, tuzilish, turlari va ishlashi haqida ma`lumot
yozing;
5.2. Kardanli uzatmaning soddalashgan tasviriy chizmasini chizing (5.1-rasm);
5.3. Asosiy uzatmaning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlash tartibi haqida qisqacha
ma`lumot yozing;
5.4. Yakka asosiy uzatmaning turlari (5.2-rasm) va qo’shaloq asosiy uzatmaning
turlari (5.3-rasm) ning tasviriy chizmasini chizing;
5.5. Differentsialning vazifasi, turlari, tuzilishi va ishlashi haqida qisqacha
ma`lumot yozing;
5.6. G’ildiraklararo va o’qlararo differensiallarning tasviriy chizmalarini chizing
(5.4-rasm);
5.7. Tiko avtomobilining bosh uzatma va differentsialining tuzilishi va ishlashi
haqida ma`lumot yozing;
5.8. Yarim o’qlarning vazifasi, tuzilishi va ishlashi haqida ma`lumot yozing;
5.9. Yarim o’qlarning orqa ko’prikda o’rnatilish tasviriy chizmasini chizing (5.5-
rasm);
5.10. Kardanli uzatma, asosiy uzatma, differentsialning asosiy ko’rsatkichlarini
5.1-jadvalga to’ldiring.
269
5.1-rasm. Kardan uzatmaning soddalashgan tasviriy chizmasi.
270
271
5.2-rasm. Yakka asosiy uzatmaning turlarini tasviri.
5.3-rasm. Qo’shaloq asosiy uzatmaning turlarini sxemasi.