O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


-Mavzu. Krivoship-shatunli mexanizm (KShM)



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə55/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

4-Mavzu. Krivoship-shatunli mexanizm (KShM).
Reja.
1. KShM tarifi va vazifasi.


66
2.  KShM konstruktsiyasining tuzilishi va ularning ishlash printsipi.


3.  TSilindrlar blokining kallagi, porshen, porshen xalqalari, porshen
barmog’i, shatun, tirsakli val, maxovik.
Tayanch so’z va iboralar: Krivoship-shatunli mexanizmning (KSHM)
vazifasi, turlari, ishlashi va qismlarining vazifasi, KSHM detallarining
konstruktsiyasi, KSHMning qo’zg’aluvchan va qo’zg’almas qismlari,
ishlatiladigan materiallar, dvigatelning ramaga maxkamlanishi.
1. Krivoship-shatunli mexanizmning (KSHM) vazifasi, turlari,
ishlashi va qismlarining vazifasi.
Krivoship shatunli mexanizm tsilindrlarda ishchi aralashmaning yonishidan
xosil bulgan gaz bosimini porshen orqali qabul qilib, porshenning ilgarilanma-
qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
Krivoship shatunli mexanizmlarning joylashuv tartibi bo’yicha bir yoki ikki
qatorli bo’ladi. (3.1-chizma)
3.1-rasm. Dvigatel tsilindrlarining
joylanish sxemasi
a-bir qatorli va tik, b- bir qatorli burchak
ostida, d-yotiq, ye-V-simon, f-tsilindrlari
qarama-qarshi tomonlarga yotgan
(gorizontal holatda).
1-tsilindrlar, 2-tsilindrlar boshchasi
(golovka), 3-blok-karter, 4-moy idishi
.
Ko’pchilik dvigatellarning tsilindrlari bir qatorli yoki tik (a) GAZ-24
«Volga», VAZ-2106, 21011, 2107, Tiko, Damas, Neksiya, Lasetti) joylashgan.
(3.1-rasm, a).
Ba’zi bir dvigatellarda tsilindrlar tik holatdan 20-45
0
burchak ostida (3.1 –
rasm, b) Moskvich 412 yoki yotiq joylashgan Ikarus avtobusi (3.1-rasm, d) bo’lishi
mumkin. TSilindrlarni yotiq holatda joylashtirish natijasida dvigatelning balandlik
o’lchami qisqaradi.
TSilindrlari ikki qator joylashgan dvigatellarning tsilindrlari orasidagi
burchak 180
0
dan kam bo’lsa (90
0
) bu holda ular V-simon dvigatellar (ZIL-130,
KamAZ-740, GAZ-53, YaMZ-236, BelAZ, «O’zOtoyo’l», KrAZ avtomobillari)
deyiladi (3.1–rasm, ye). (3.1-rasm) va 180
0
ga teng bo’lsa, ikki qatorli dvigatellar
deyiladi (3.1-rasm, f). Bunday dvigatellarning bo’yi va vazni bir qatorli
dvigatellarnikiga nisbatan ancha kichik bo’ladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin