64
Bunda avtomobil konstruktsiyasi soddalashadi va dvigatel vazni yengillashadi. Gaz
turbinali dvigatelning f.i.k. yuqori, chunki unda qaytma-ilgarilama
harakat qiladigan
detallar yo’q. Unda, val podshipniklaridagi ishqalanishdan boshqa, ishqalanuvchi
detallarning yo’qligi xisobiga moylash tizimi ham oddiy bo’ladi. Bunday
dvigatellarda porshenli dvigateldagi kabi uzatmalar qutisi va
ilashish muftasining
xojati bo’lmaydi. 2.6-rasmda ikki valli gaz turbinali dvigatel sxemasi keltirilgan.
Bunda kompressor turbinasi 10 ning diski 4 va parragi 1 birinchi val 11 ga
o’rnatilgan bo’lib, kuch turbinasi 9 ning diski 6 ikkinchi val 7 ga o’rnatilgan.
Kompressor turbinasi va kuch turbinasi vallari 11 va 7, o’zaro kinematik
bog’lanmaganligi sababli
ikki valli dvigatel deyiladi. Avtomobilning yarim o’qi 14,
differentsial, asosiy uzatma 13 va reduktor 8 orqali kuch turbinasining vali 7
bilan
ulangan.
2.6-rasm. Gaz turbinali dvigatel o’rnatilgan avtomobilning oddiy sxemasi:
1-kompresor turbinasining parragi; 2-forsunka; 3-yonish kamerasi; 4-kompresor
turbinasining diski; 5-turbina kurakchalari; 6-kuch turbinasining diski; 7-ikkinchi
(turbina) val; 8-reduktor; 9-kuch
turbinasi; 10-kompressor turbinasi; 11-birinchi
(kompressor) val; 12-markazdan qochma kompressor; 13-asosiy uzatma: 14-yarim
o’q.
Gaz turbinali dvigatelning birinchi vali 11 starter yordamida harakatga
keltiriladi. Birinchi valning aylanishlar chastotasining 25…30 % ini tashkil
qilgandagina markazdan qochma kompressor 12 siqilgan havoni yonish kamerasi 3
ga uzata boshlaydi. SHu payt yonilg’i forsunka 2
orqali yonish kamerasiga
purkaladi, natijada yonuvchi aralashma hosil bo’ladi. Katta bosimga va haroratga
ega bo’lgan yonuvchi aralashma elektr svechasi yordamida alangalantiriladi. Bir
tekis yonish zonasi hosil bo’lgandan so’ng svecha o’chiriladi, keyinchalik yonuvchi
aralashma hosil bo’lgan alangadan yonadi. Yonishdan hosil bo’lgan gazlar kamera 3
orqali kompressor va kuch turbinalarining kurakchalari 5 ga uriladi va uni harakatga
keltiradi. Hosil bo’lgan mexanik energiya yordamchi
mexanizmlar yordamida
avtomobilni harakatga keltiradi. Kuch turbinasi ishining kompressor turbinasiga
nisbatan mustaqilligi uning aylanishlar chastotasini keng oraliqda o’zgartirish
imkonini beradi. Aylanishlar chastotasi katta bo’lganligi uchun dvigateldan katta
quvvat olinadi. Demak, uzatmalar qutisi va ilashish muftasisiz katta aylanishlar
chastotasiga (25000…40000 min
-1
) ega bo’lgan moment gaz
turbinasining validan
uzatishlar soni doimiy bo’lgan reduktor 8 yordamida bu moment kattalashtirilib orqa
ko’prikda joylashgan asosiy uzatma 13, differentsial va yarim o’qlar 14 orqali
g’ildiraklarga uzatiladi.
Gaz turbinalarida uzatmalar qutisining xojati bo’lmasa ham yonilg’ini tejash
65
va tortish quvvatini keng miqyosda o’zgartirish uchun ikki, uch bosqichli uzatmalar
qutisini qo’llash maqsadga muvofiq. Gaz trubinali avtomobil dvigatellarining asosiy
kamchiliklaridan biri-uning murakkabligi va ishlab chiqarishning qimmatligi,
shuningdek yonilg’i tejamkorligining pastligidir. Bunday dvigatellarni birinchi
navbatda katta quvvatga ega bo’lgan katta yuk ko’taruvchi kar’er avtomobillarida
ishlatish foydaliroq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: