O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Rotor va gaz trubinali dvigatellar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə52/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Rotor va gaz trubinali dvigatellar.
Rotor-porshenli dvigatellarining ishlash jarayoni.
Hozirgi vaqtda ayrim avtomobillarda rotor-porshenli dvigatellar
qo’llanilmoqda (2.8-rasm). Statorning 9 ichki bo’shlig’i murakkab bo’lgan
geometrik shaklga ega. Statorga podshipniklar yordamida val 8 joylashtirilgan. Val 8
ga qo’zg’almas holda ekstsentrik 7 mahkamlangan. Ekstsentrikka erkin holda uch
qirrali rotor-porshen 4 joylashtirilgan. Rotorning tishli gardishi 3 statorga
mahkamlangan harakatsiz shesternya bilan ilashgan. Tishli ilashishning uzatish soni,
rotor-porshen bir marta aylanganida valning uch marta aylanishini ta’minlaydigan
qilib olingan. Rotor bilan val bir yo’nalishda aylanadilar. Statorda, suyuqlik bilan


63
sovitish uchun ko’ylak, kiritish 6 va chiqarish 5 kanallar va yondirish svechasi bor.


Uch qirrali rotor-porshen statorning ichki qismini uchta bo’shliqqa ajratadi. Rotor
aylanganda bo’shliqlarning hajmi o’zgarib turadi. Har qaysi bo’shliqda, to’rt taktli
porshenli dvigatel kabi, ish tsikli jarayoni sodir bo’ladi. Porshen 2.7, a -rasmda
ko’rsatilgan holatda bo’lganida II-III qirrasi bilan cheklangan hajmida ish yo’li
bajariladi, ya’ni gazlarning kengayishi sodir bo’ladi. Rotor-porshenning gaz
bosimini qabul qilishi uning val bilan birgalikda aylanishga olib keladi. SHu vaqtda
III-1 qirrasi bilan cheklangan A hajmidan ishlatilgan gazlar kanal 5 orqali
atmosferaga siqib chiqariladi, B hajmda esa (porshenning I-II qirrasi) ish
aralashmasini siqish boshlanadi. Rotor-porshenning keyingi burilishida Ye hajmida
kengayish davom etadi (2.7-rasm, b). SHunda kattalashayotgan G hajmiga
karbyuratordan kanal 6 orqali yangi yonuvchi aralashma surilsa, kichiklashayotgan
D hajmida esa siqish davom etadi.
2.7. v – rasmda chiqaruvchi kanal 5 ni to’la ochilgan holati ko’rsatilgan bo’lib
K hajmidan ishlatilgan gazlar chiqarila boshlangan bo’lsa, J hajmida esa yonuvchi
aralashmani kiritish davom etadi. SHu vaqtda I hajmida siqilgan ish aralashmasi
yondirish svechasining uchqunidan alangalanadi. 2.8, g – rasmda ko’rsatilgan
holatda porshenning I-II qirrasi bilan cheklangan hajmida, ish aralashmasining
alangalanishi, natijasida gazlarning kengayishi boshlanadi, ya’ni ish yo’li
boshlanadi.
Rotor-porshenli dvigatelning
ishlash sxemasi:
1-yondirish svechasi; 2-harakatsiz
shesternya; 3-rotorning tishli
gardishi; 4-rotor-porshen; 5 va 6-
sovitish suyuqligi uchun kiritish va
chiqarish kanallari; 7-ekstsentrik;
8-val;
9-statorning ichki bo’shlig’i.
SHunday qilib uchta bo’shliqning har birida ketma-ket kiritish (A, G, J, L
bo’shliqlari), siqish (B, D, I bo’shliqlari), yonish va kengayish (M,V,E
bo’shliqlari) jarayonlari sodir bo’ladi. Bu jarayonlar tezkor bo’lib rotor-porshenli
dvigatellarda valning aylanishlar chastotasi
n
=6000…8000 min
-1
oralig’ida
bo’ladi. Bunday dvigatellarni quvvatini oshirish valga bir nechta rotorli-porshenlar
o’rnatish bilan erishilinadi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin