56
b) Bu mexanizm porshenning ilgarilanma-qaytma harakatini tirsakli valning
aylanma harakatiga aylantirib beradi.
TSilindr (5) yuqori tomondan tsilindr kallagi (7) bilan berkitilgan. Bu
kallakda kiritish va chiqarish klapanlari (8, 9) o’rnatilgan bo’lib,
ularning ochilishi
va yopilishi porshenning harakatiga hamda tirsakli valning aylanishiga mos
tushadi.
Gaz taqsimlash mexanizm. Yonuvchi ishchi aralashma yoki havoning
tsilindrga kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishni bajarish uchun
xizmat qiladi. Bu mexanizm tarkibiga gaz
taqsimlash vali, valni yuritgich
shesternyasi, turtkichlar, klapanlar, klapan prujinalari, koromislo, koromislo o’qi,
shtangalar kiradi.
Yonilg’i bilan ta’minlash tizimi
benzin va havoni tozalaydi, ulardan
yonuvchi aralashma tayyorlaydi, uni dvigatel tsilindrlariga uzatadi va ishlatilgan
gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuboradi.
Sovutish tizimi. Dvigatelning qizigan qismlardan ajralgan issiqlikni tashqi
muhitga tarqatadi va uni eng qulay issiqlik maromda ishlashni ta’minlaydi.
Dvigatel suyuqlik yoki havo bilan sovitiladi.
Moylash tizimi dvigatelni ishqalanuvchi qismlar
orasiga yuqori bosim bilan
moy yuborib, ularning yeyilishini kamaytiradi, ishqalanuvchi qismlarni yuzalarini
qisman sovitadi, ishqalanuvchi yuzalardagi kirlarni
va yeyilish zarrachalarini
yuvadi xamda moyni tozalab beradi.
O’t oldirish tizimi karbyuratorli dvigatelni majburiy ravishda o’t oldirish
uchun elektr toki uchqunini hosil qiladi va uni tsilindrlarga tartib bilan yuboradi.
Yurgizish tizimi dvigatelni yurgizish uchun xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: