81
Termostat - avtomatik klapan bo’lib, sovuq dvigatelning yurgizilganda uning
tez qizishiga imkon yaratish bilan radiatordan o’tayotgan suyuqlik miqdorini rostlab
sovitish tizimida optimal haroratni saqlashda xizmat qiladi.
Bunday termostat qalin devorli ballonga ega bo’lib ichiga,
kengayish xajmi
katta bo’lgan serezin (neftyannoy vosk) aralashtirilgan mis kukuni to’ldiriladi. Qalin
devorli ballon rezinali diafragma bilan yopilgan. Diafragma ustiga rezinali bufer
orqali o’rnatilgan shtok yo’naltiruvchi vtulka yordamida klapan ga mahkamlangan.
Koromislo sharnirli ravishda termostat klapani bilan birlashgan. Dvigatel
sovuqligida ballon ichidagi aralashma qattiq holda bo’ladi va termostat klapani
qaytargich prujina ta’sirida yopiq holda bo’ladi.
Termostatlarning sxemalari:
a-suyuqlik termostati;
b-qattiq
to’ldirgichli termostat; I va IV-
termostatlar ochiq; II va III -
termostatlar yopiq; 1-suv
nasosining
korpusi; 2-suyuqlik balloni; 3 va 13-
shtoklar; 4-qistirma; 5 va 15-
termostatlarning klapanlari; 6 va 16-
qaynoq suyuqlikni chiqarish
patrubkalari; 7 va 18-termostatlarning
korpuslari; 8-kronshteyn; 9-termostat
balloni; 10-qattiq
aralashma; 11-
diafragma; 12-yo’naltiruvchi vtulka;
14- qaytargich prujinasi; 17-klapan
koromislosi; 19-bufer; 20-kiritish
o’tkazgichi.
3. Ochiq va yopiq sovutish tizimi.
Dvigatelning belgilangan issiqlik maromida ishlashi uchun suyuqlik
g’ilofida harakatlanuvchi suyuqlikning harorati 80-95
°S bo’lishi lozim. Bu
rejimda
(maromda) dvigatel me’yorda ishlaydi, silindrlar yonuvchi aralashma bilan yaxshi
to’ladi, tirsakli valning aylanishi maromida bo’ladi, silindrdan yongan gazlar to’la
chiqib ketishga ulguradi, karterdagi moyning moylash xususiyati yo’qolmaydi,
dvigatel
qismlari orasidagi qistirmalar, salniklar va elektr simlarining
izolyatsiyalari quyib ishdan chiqmaydi, dvigatelning ishlashi maromda bo’lib
issiqlik energiyasi dvigatel quvvatining
oshishiga olib keladi, yonilg’i tejamkorligi
oshadi, qurumlar hosil bo’lmaydi, suyuqlik qaynamay, sathi bir xilda turadi,
qismlar orasida ishqalanishlar va yeyilishlar paydo bo’lmaydi.
Dvigatelning
doimiy issiqlik rejimida ishlashini faqat termostat yordamida ushlab turiladi.
Dostları ilə paylaş: