84
sababli dvigatelning qismlari qattiq qizib ketmaydi;
b) suyuqlik dvigatel tovushini qisman yutadi;
v) yurgizishda dvigatelning qizishi tezlashadi;
g) sovutish tizimining tuzilishi silliq va ixcham bo’ladi.
Havo bilan sovutish tizimining afzalliklari quyidagicha:
a)
tizimda suyuqlik nasosi, radiator,
suv quvurchasi, termostat yo’qligi
sababli u oddiy va yengil bo’ladi;
b) dvigatelda suyuqlik g’ilofi bo’lmaganligi sababli u muzlab qolmaydi;
v) suv yo’q joylarda ham dvigatelni ishlatish mumkin.
Suyuqlik bilan sovutish tizimining asosiy
kamchiliklari shundan iboratki,
suv 0
°S da muzlaydi, blok va blok kallagida darzlar hosil qiladi. Blokning suv
ko’ynakchalarida cho’kindilar
hosil qiladi, radiator trubkalari cho’kindilar bilan
to’lib qolishi mumkin.
Havo bilan sovutishda asosiy kamchilik qo’yidagicha:
a) tashqi muhit havosi 30
°S
dan oshganda, dvigatel qizib ketadi;
b) silindr qovurg’alari chang-to’zon
bilan ifloslanib turadi;
v) ventilyator podshipnigi tez ishdan chiqadi.
Nazorat savolari.
1. Dvigatelni sovutish nima uchun zarur?
2. Radiator nima uchun xizmat qiladi va qanday tuzilgan?
3. Suyuqlik nasosi nima uchun xizmat qiladi va qanday tuzilgan?
4. Ventilyator nima uchun xizmat qiladi va qanday harakatlanadi?
5. Termostat nima uchun xizmat qiladi va qanday tuzilgan?
6. Yurgizib yuborish isitgichi qanday ishlaydi va qaerga joylashgan?
Dostları ilə paylaş: