O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


Dvigatelning ish maromi (rejimi)ga muvoffiq yonuvchi aralashmaga



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə77/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

Dvigatelning ish maromi (rejimi)ga muvoffiq yonuvchi aralashmaga
qo’yilgan talablar.
Ichki yonuv dvigateli ish sharoitiga qarab 5 xil maromda ishlaydi:
Sovuq dvigatelni yurgizish, dvigatelni salt yurgizish, o’rta yuklanish, eng
yuqori yuklanish va tezlanish maromlari.
Sovuq dvigatelning yurgizish uchun quyuq aralashma zarur, chunki bu
holatda tirsakli valning aylanishlar soni kichik bo’lganligi sababli havo oqimining
tezligi kichik bo’ladi, aralashmaning alangalanishi uchun aralashmadagag’i
yonilg’i bug’lari yetarli bo’ladi.
Dvigatel yuklanishsiz va tirsakli val sekin aylanib, salt ishlaganda,
silindrlarga kirishayotgan aralashmaning miqdori juda kam, sifati past bo’ladi.
SHuning uchun bu maromga quyuqlashgan yonuvchi aralashma kerak bo’ladi.
Dvigatel o’rtacha yuklanish Bilan ishlaganda undan to’la quvvat talab
etilmaydi, shu sababli suyuqlashgan aralashma ishlatiladi, bu esa aralashmaning
to’la yonishini ta’minlaydi va yonilg’i sarfini tejaydi.
Eng kata yuklanishlar uchun quyuqlashgan aralashma kerak, chunki bu
maromda dvigateldan to’la quvvat talab etiladi.
Tezlanish maromida tirsakli valning aylanishlar soni tezda ortishi kerak,
buning uchun aralashmani qisqa muddatda quyuqlantiriladi, aks holda dvigatel
o’chib qoladi. Bu ishlarning hammasini karbyurator bajaradi.
4. Oddiy karbyuratorni ishlash usuli.
Oddiy karbyurator va unda yonuvchi aralashmani tayyorlanishi.
Atomobillarda asosan havo oqimi yuqoridan pastga yo’nalgan karbyuratorlar


92
ishlatiladi.


Oddiy karbyuratorning chizmasi:
1-asosiy jiklyor, 2-qalqovich, 3-ignali
klapan, 4-to’zitgich, 5-havo tozalagich,
6-havo zaslankasi (to’stqich), 7-diffuzor,
8-drossel zaslonkasi (yonuvchi
aralashmani to’sgich), 9-kiritish
naychasi, 10-kiritish klapani, 11-
porshen, 12-bo’shliq.
Karbyurator yonuvchi aralashmani tayyorlaydigan qurilma bo’lib, u
dvigatelni kiritish nayiga o’rnatiladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin