102
bosim nasosi 19 da yig’ilib qolgan ortiqcha yonilg’ining bosimini 150 kg/sm
2
ga
tenglashganda o’tkazib yuborish klopani 13 ochilib qaytarish naychalari 4 va
11orqali yonilg’i bak 2 ga oqib tushadi. Forsunka 17
tirqishlaridan tomib oqib
chiquvchi yonilg’i baka naycha 18 orqali qaytadi.
Dizelni dastlab yurgizishda tizimnm yonilg’i bilan to’ldirish jarayoni
haydash nasosi 20 ning g’ilofidagi qo’l-yuritmali nasos 12 yordamida amalga
oshiriladi. Yonilg’i bilan kirgan havoning tashqariga chiqarib
yuborish uchun tiqin
9 va 14 da parmalangan teshiklar bor. Tizimda yonilg’ini tozalovchi asosiy
tozalagich 7 va dag’al tozalagich 22 hamda bakning bo’g’izidagi to’r-simli
tozalagich
uchidan tashqarii, yonilg’i qabul qilgich 1 qopqog’ida va forsunka 17
ning shtutseri 16 da to’r-simli tozalagichlar bor.
Undan tashqarii yuqori bosmli nasosda tirsakli valning aylanishlar soning
o’zgartirib beruvchi ikki maromli rostlagich o’rnatilgan.
Rostlagich dvigatel eng
kichik aylanishlar 600 ayl/min sonini barqarorlashtirib eng yuqori aylanishlar soni
2800 ayl/min ni o’zidan-o’zi cheklab turadi.
Dostları ilə paylaş: