O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti transport vositalarining tuzilishi va nazariyasi fani bo’yicha


  Gazlarning asosiy xususiyatlari. 3



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə82/240
tarix24.12.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#192468
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   240
O’zbekistоn respublikasi-hozir.org

2.  Gazlarning asosiy xususiyatlari.
3. Gazli dvigatellarning ta’minlash tizimida qo’llaniladigan jixozlarning
vazifalari va tuzilishi.
Tayanch so’z va iboralar: siqilgan va suyultirilgan gazlarning asosiy
xususiyatlari. siqilgan va suyultirilgan gazlar bilan ta’minlashda qo’llaniladigan
asosiy jihozlar, ularning joylashish sxemasi.
Mavzuga klaster tuzish
Mavzuga sinkveyn tuzish
1. Gaz balonli ta’minlash tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipi.
Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida
keng qo’llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va
sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus
ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli
deyiladi.
Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg’ida ishlaydigan
seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatellar bazasida (asosida)
yaratiladi. Seriyada (ommaviy ravishda) chiqarilayotgan dvigatelni gazsimon
yonilg’i bilan ishlashga o’tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o’zgarmagan
holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy farqi yonilg’i uzatish
tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir
(to’g’rilash).(regulirovaniya)
Karbyuratorli dvigatellarni gazsimon yonilg’iga o’tkazish ikki usulda amalga
oshiriladi. Birinchi usulda standart karbyurator dvigatelini gazballon qurilmalar bilan
jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni ham benzinda,
ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi. SHu bilan birga benzinda dvigatel
to’la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi usulda karbyurator
dvigateldan gazsimon yonilg’ida to’la quvvatga erishuvchi maxsus gaz dvigateli
yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va gaz aralashtirgich
o’rnatilishi tufayli samaradorlik ko’rsatkichlari ancha yaxshilanadi.
Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg’iga o’tkazish ham ikki usulda amalga


99
oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta


jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha
kamaytirilib, o’t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o’rnatiladi.

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin